30.12.2025 yildagi 1598-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrda Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasini (bundan buyon matnda Murojaatnoma deb yuritiladi) koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Murojaatnomada boshlangan demokratik islohotlar qatʼiy davom ettirilganligi, xalqimizning qoʻllab-quvvatlashi, yoshlarimizning gʻayrat-shijoati, mahallaning hayotimizdagi oʻrni va taʼsiri oshayotganligi, odamlarning ongi va dunyoqarashi oʻzgarib, el-yurtimiz yanada jipslashgani, tadbirkor, dehqon hamda fermerlarning tashabbuskorligi va mardona mehnati, oʻzaro manfaatli hamkorlikka asoslangan doʻstona tashqi siyosat tufayli 2025-yilda barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda 2025-yilda yalpi ichki mahsulot 145 mlrd. dollardan oshganligi, oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 60 mlrd. dollardan ortganligi, iqtisodiyotga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 mlrd. dollarga yetganligi alohida eʼtirof etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda yurtimizda 5 mln. nafar fuqaro daromadli boʻlib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga, kambagʻallik darajasi esa yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushganligi, qariyb 1,5 mln. ehtiyojmand aholi kambagʻallikdan chiqqanligi, ilk bor 1 435 ta mahalla “kambagʻallikdan xoli” hududga aylanganligi taʼkidlab oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnomada Oʻzbekiston oldida turgan eng ustuvor maqsad va vazifalar, ularni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar hamda mamlakatni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari aniq belgilab berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnomada 2026-yilda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi Oʻzbekiston qiyofasini olib kirish, iqtisodiyotni texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtkazish, ichki bozorda talabni ragʻbatlantirish, kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish, ekologik muvozanatni taʼminlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlarni davom ettirishga doir eng muhim 6 ta ustuvor yoʻnalish belgilab berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnomada ilgari surilgan muhim gʻoyalar, tashabbuslar va takliflar xalqimiz, jamoatchilik va deputatlar korpusi tomonidan keng eʼtirof etilmoqda hamda qizgʻin qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnomada belgilangan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturida nazarda tutiladigan vazifalarning soʻzsiz ijro etilishini taʼminlash, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini yangidan qabul qilish maqsadlariga erishish parlament zimmasiga ham alohida masʼuliyat yuklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash boʻyicha oʻz faoliyatini yanada jonlantirishi, qonunchilikni xatlovdan oʻtkazishi va aniqlangan huquqiy boʻshliqlarni toʻldirishga eʼtiborni yanada kuchaytirishi hamda bu borada taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashish, turli sohalar va tarmoqlarda korrupsiyaviy omillarni aniqlash, mahallalarda barqaror muhit yaratish hamda jinoyatchilikni jilovlash yoʻnalishlarida parlament nazorati shakllaridan yanada samarali foydalanish dolzarb ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarning har oy oxirgi haftasida saylov okruglarida boʻlib oʻtadigan uchrashuvlari davomida Murojaatnomaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazish hamda keng jamoatchilikka tushuntirishga alohida eʼtibor qaratish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida ilgari surilgan gʻoyalar, tashabbuslar va takliflarni har tomonlama muhokama qilib, mamlakatda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi demokratik islohotlar jarayonida parlamentning rolini yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi, unda ilgari surilgan gʻoyalar, tashabbuslar va takliflar Qonunchilik palatasining kelgusi faoliyati uchun asos sifatida qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP va “Milliy tiklanish” DP fraksiyalari aʼzolaridan iborat “Taraqqiyot bloki”ning hamda siyosiy partiyalarning fraksiyalari majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi atroflicha koʻrib chiqilganligi hamda undan kelib chiquvchi ustuvor vazifalar belgilab olinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan Qonunchilik palatasi deputatlarining munosabatlarini keng yoritish boʻyicha media-reja 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga Murojaatnomada ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini deputatlarning saylov okruglaridagi uchrashuvlari davomida saylovchilarga yetkazish hamda bu borada keng tushuntirish ishlarini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqib, Qonunchilik palatasining 2026-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, qoʻmitalar va komissiyalarning takliflari asosida Qonunchilik palatasining 2026-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari loyihasini ikki hafta muddatda sifatli tarzda va puxta ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining 2026-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari loyihasida Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni izchil amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilashga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar, takliflar va tashabbuslardan kelib chiqib, 2026-yilga moʻljallangan ish rejalari loyihalarini bir hafta muddat ichida ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining 2026-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari loyihasiga doir asoslantirilgan takliflarni ikki hafta muddat ichida tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnomada ilgari surilgan taklif va tashabbuslar asosida qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazsin, qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga qaratilgan takliflar ishlab chiqsin hamda nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda muhim sohalar va tarmoqlardagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat kafolati ostida tashqi qarz olish masalasini koʻrib chiqish va maʼqullashni parlament vakolatiga oʻtkazish masalasini oʻrgansin hamda taklif tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kapital bozori toʻgʻrisida”gi qonun loyihasiga takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarida tovarlar, ishlar va xizmatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish mumkin boʻlgan holatlarni faqat qonunda belgilash masalasini tahlil qilsin hamda bu boʻyicha qonunchilikka takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatimizda yoki chet elda olgan daromadlari va aktivlaridan erkin foydalanishi uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqib, uni yanada takomillashtirish yuzasidan hamda “Muqobil investitsiya jamgʻarmalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi hamda Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish, sohalar va tarmoqlardagi maʼmuriy-byurokratik toʻsiqlarni hamda korrupsiyaviy omillarning kelib chiqish sabablarini aniqlash yoʻnalishlaridagi nazorat-tahlil tadbirlarini yanada kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi boʻshliqlarni aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovlarining ijrosi boʻyicha sustkashlikka yoʻl qoʻyilishi holatlari boʻyicha prokuraturaga taqdimnoma kiritish masalasini qonunchilikda belgilash yuzasidan taklif ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ilmiy-uslubiy jihatidan koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qonunchilik palatasining Devoni ushbu Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi toʻgʻrisida har oyda Qonunchilik palatasining rahbariyatiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1598-V-son