Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
E.O. Turdimovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 13-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi E.O. Turdimovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida”gi 1458-sonli qaroriga asosan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqarilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 15-yanvar,
KQ-290-V-son