OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZiRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIning
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIning
Qarori
Uchquduq, Zaravshon, Nurobod shaharlari va Zafarobod shahar tipidagi posyolka budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 33-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3594, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-apreldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 10-dekabrdagi 594-son qarorining 4-bandi ijrosini davom ettirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Uchquduq, Zaravshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va Moliya vazirligi tomonidan 1995-yil 7-apreldagi 175/03-1, 21-2/119-son bilan tasdiqlangan “Uchquduq, Zaravshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun maxsus toʻlov tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2001-yil 5-aprel,
2-son
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2001-yil 5-aprel,
33-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2001-yil 1-apreldagi 2 va 33-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Uchquduq, Zaravshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasining budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 10-dekabrdagi 594-son “Qizilqumnodirmetaloltin” konserni va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati korxonalarini yuqori malakali mutaxassislar va ishchilar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning 4-bandiga asosan ishlab chiqilgan.
Nizom Uchquduq, Zaravshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududida joylashgan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr uchun ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 1. Muayyan davr uchun ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar miqdori
1. Uchquduq, Zaravshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar, xodimning yuqorida keltirilgan shaharlar hududlaridagi budjet muassasalari va tashkilotlari ishlagan ish stajidan kelib chiqib, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
|
Ish stajiga koʻra |
Oylik toʻlovlarning miqdori, oylik tarif stavkasining yoki lavozim okladining ulushida belgilanadi | |
|
|
Oy uchun |
Yil uchun |
|
3 yilgacha |
0,25 |
3 |
|
3 yildan 5 yilgacha |
0,5 |
6 |
|
5 yildan ortiq |
0,75 |
9 |
Keyingi tahrirga qarang.
2. Muayyan davr ishlaganlik uchun belgilangan miqdordagi oylik toʻlovlarning toʻlanish huquqi, xodimlar budjet muassasalari va tashkilotlarida ishlay boshlagan paytidan boshlab kelib chiqadi.
Misol uchun, xodim 2000-yilning 1-iyulidan ishga qabul qilingan va 2000-yilning 1-iyuldan unga muayyan davr uchun stavka (oklad)ning 0,25 foiz miqdorida oylik haq toʻlanadi.
§ 2. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ish staji
3. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiritiladi:
1) Uchquduq, Zaravshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududlaridagi budjet muassasalari va tashkilotlarida ishlagan davri;
2) Xodim haqiqatda ishlamagan boʻlsa ham, lekin amaldagi qonunchilikka asosan Uchquduq, Zaravshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududlaridagi budjet muassasalari va tashkilotlaridagi xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davr.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnat daftarchasida aks ettirilmagan ish staji, xodim ishlagan muassasa va tashkilot rahbari tomonidan imzolangan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi mumkin.
§ 3. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlarni hisoblash tartibi
5. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar xodimning oylik tarif stavkasi yoki lavozim okladidan kelib chiqib hisoblanadi.
6. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar shu oy davomida ishlagan vaqti, mehnat taʼtili va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri uchun ham, shuningdek, amaldagi qonunchilikka asosan xodimning toʻliq yoki qisman oylik ish haqi saqlangan davrlari uchun toʻlanadi.
7. Agar xodim kalendar oyi davomida ish muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlov olish huquqi paydo boʻlsa, ushbu toʻlovni birinchi hisoblash ushbu toʻlovni olish huquqi paydo boʻlgandan keyin ishlagan vaqt uchun amalga oshiriladi.
8. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar rayon koeffitsiyentlari va choʻl, suvsiz, baland togʻ hududlarida ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar qoʻllaniladigan mehnat haqiga qoʻshib hisoblanadi.
9. Muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar pensiyalar, mehnat taʼtili uchun beriladigan haq, ishdan boʻshatish nafaqasi, xodimning oʻz mehnat vazifalarini bajarishi vaqtida tan jarohati yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni qoplashda oʻrtacha oylik ish haqini hisoblash, shuningdek, oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish talab etiladigan holatlarda inobatga olinadi.