17.12.2025 yildagi 1550-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2025-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2025-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, shuni qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan budjet parametrlari doirasida amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda jahonda yuz berayotgan geosiyosiy ziddiyatlar va keskinliklarga, global iqtisodiyotdagi uzoq muddatli noaniqliklarga qaramasdan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida 2025-yilning toʻqqiz oyida barqaror iqtisodiy oʻsish kuzatildi. Hisobot davrida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmi 7,6 foizga, bozor xizmatlari 14,0 foizga, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 6,8 foizga, qurilish ishlari 14,2 foizga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish 4,1 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 443,6 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,2 foizga oʻsgan. Shuningdek foyda soligʻini toʻlovchilar soni 16,9 foizga hamda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar soni 16,9 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning toʻqqiz oyida Davlat budjeti daromadlari 228,8 trln. soʻmni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 18,1 foizga, Davlat budjeti xarajatlari esa (davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazilgan transfertlar bilan birga) 261,6 trln. soʻmni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 19,3 foizga koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, aholi turmush darajasini oshirish hamda fuqarolar uchun munosib sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida hisobot davrida ijtimoiy soha xarajatlari uchun Davlat budjetidan 125,5 trln. soʻm (umumiy xarajatlarning 48,0 foizi) yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17,6 trln. soʻm koʻproq mablagʻ ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning toʻqqiz oyi davomida qoʻshilgan qiymat soligʻidan manfiy farqning oʻrnini qoplash uchun soliq toʻlovchilarga 18,1 trln. soʻm miqdoridagi tushumlar, shuningdek 1,4 trln. soʻm miqdorida keshbek summalari qaytarib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erishilgan ijobiy natijalar bilan birga Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish borasida ayrim kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilgan. Jumladan, Davlat budjetidan yetarlicha mablagʻlar ajratilgan boʻlsa-da, ayrim vazirlik va idoralar tomonidan mablagʻlar oʻz vaqtida hamda toʻliq oʻzlashtirilmasdan qolmoqda. Xususan, onalar va bolalar, reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligini saqlash uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar (“K” vitamini, surfaktant va boshqalar) bilan taʼminlashga ajratilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan umuman yoʻnaltirilmagan, shuningdek otorinolaringologiya, ftiziatriya va pulmonologiya xizmatlarini yanada rivojlantirish hamda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash uchun xarajatlar deyarli amalga oshirilmagan. Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ajratilgan subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqlik taʼminoti korxonalarining qozonxona uskunalari va issiqlik tizimlarini taʼmirlash, respublika hududlarida aholiga ichimlik suvi tarmoqlarini uy xoʻjaliklarigacha yetkazish hamda ichimlik suvi tizimlaridagi mavjud eskirgan nasos agregatlarini energiya tejovchi nasoslarga almashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar umuman ishlatilmagan. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan sanitariya-tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun ajratilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan toʻliq ishlatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri davomida ichki audit xizmatlari tomonidan oʻtkazilgan audit tadbirlari natijasida jami 664,0 mlrd. soʻmlik maqsadsiz va samarasiz xarajatlarning oldi olingan. Shu bilan birga Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish borasida moliyaviy xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaning oldini olish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish kabi oʻz yechimini kutib turgan bir qator masalalar yuzaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2025-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2025-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning toʻqqiz oyida Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari 275,1 trln. soʻmni, xarajatlari esa 307,2 trln. soʻmni tashkil etib, 32,1 trln. soʻm (yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,9 foiz) taqchillik bilan bajarilganligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini hamda hududlarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yil yakuniga qadar toʻliq bajarilishini taʼminlash, shuningdek davlat dasturlarida koʻzda tutilgan loyihalarga, shu jumladan ijtimoiy soha obyektlariga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli hamda samarali foydalanilishi va ularning oʻzlashtirilishi, investitsiya dasturlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan taʼsirchan nazoratni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga va mahalliy budjetlarga daromadlarning tushishi uchun soliq tushumlarini toʻliq jalb etish borasida taʼsirchan choralar koʻrish, aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan tizimli choralar koʻrilishini davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar tomonidan yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etgan holda, biznesni soyadan chiqarish, naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish hamda moliyaviy xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik, ayniqsa, korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga axborot berib borish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetida koʻzda tutilgan xarajatlarning qonunda tasdiqlangan parametrlar doirasida oʻzlashtirilishini taʼminlash, budjet xarajatlarining ortiqcha sarflanishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti hisobidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish maqsadlari uchun ajratilayotgan subsidiya mablagʻlaridan samarali foydalanilishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi belgilangan budjet daromadlari tushumlarini hamda yuzaga kelgan boqimanda qarzdorliklarni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yil yakuniga qadar toʻliq undirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tegishli hisobot davridagi ijrosini oʻz maqsad va dasturlaridan kelib chiqqan holda, vazirliklar, idoralar va davlat maqsadli jamgʻarmalari kesimida oʻrganish hamda bu borada parlament nazoratini kuchaytirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari tegishli vazirliklar va idoralarning rivojlantirish dasturlari boʻyicha tasdiqlangan maqsadli indikatorlarga erishilishi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazish, shuningdek vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotini muntazam eshitib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1550-V-son