Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi QL-162-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-136-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-120-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish).
4. “Ekologik toza hududlarning huquqiy maqomi belgilanishi munosabati bilan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-135-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Ekologik toza hududlarning huquqiy maqomi belgilanishi hamda bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish va sotish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish).
5. “Oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilikning Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash boʻyicha bitimiga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-159-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
6. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-160-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
7. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani koʻrib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-161-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
8. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida.
9. Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidovning “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida 2025-yilning oʻtgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida.
10. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Xudayarovning “Sogʻliqni saqlash sohasi boʻyicha qabul qilingan rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosi toʻgʻrisida”gi axboroti haqida.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi U. Shadiyevga “Sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan shaharlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-dekabr,
1579-V-son