Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2025-yil 5-dekabr kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
“2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi QL-151-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
“Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-152-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Budjet jarayoni takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish);
“Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-153-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi K. Sariyevning “Mamlakatimizda umummilliy totuvlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidovning “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida 2025-yilning oʻtgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Xudayarovning “Sogʻliqni saqlash sohasi boʻyicha qabul qilingan rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri B. Kudratxodjayevning “Aholini yongʻinlardan muhofaza qilish, xususan, ijtimoiy soha obyektlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-dekabr,
1512-V-son