11.12.2025 yildagi 1529-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J. Mirzamahmudovning “Energiya taʼminoti barqarorligini taʼminlash, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J. Mirzamahmudovning “Energiya taʼminoti barqarorligini taʼminlash, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, keyingi yillarda mamlakatimizda energetika sohasini jadal rivojlantirish, energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi taʼminotining barqarorligi va uzluksizligini taʼminlash, energetika sohasida aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash joizki, keyingi yillarda energetika tizimiga 35 mlrd. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etilib, 9 ming megavattlik yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2017-yildagi 60 mlrd. kilovatt-soatdan joriy yilda 85 mlrd. kilovatt-soatga yetdi. Eʼtiborli jihati shundaki, jami quvvati salkam 5 ming megavatt boʻlgan quyosh va shamol elektr stansiyalari, jami quvvati 400 megavatt boʻlgan gidroelektr stansiyalari ishga tushirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari aholining uylariga, xususiy sektor va ijtimoiy soha obyektlariga jami quvvati 2 ming megavatt boʻlgan kichik quyosh panellari oʻrnatilib, joriy yilning oʻzida qoʻshimcha ravishda 2 mlrd. kilovatt-soatga yaqin muqobil energiya ishlab chiqarilishiga erishildi. Shuningdek hududlarda 69 ming km uzunlikdagi elektr tarmoqlari, jami hisobda 14 mingta transformator va yuqori kuchlanishli podstansiya yangilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika sohasidagi bunday oʻzgarishlar mahalliy korxonalar rivojiga ham katta turtki bermoqda. Ushbu korxonalar tomonidan yangi qurilayotgan elektr stansiyalari va tarmoqlariga yil boshidan buyon 700 mln. AQSH dollari miqdoridagi qurilish materiallari, metall konstruksiyalar, kabel oʻtkazgichlar, elektr qurilmalari yetkazib berildi, loyihalash-muhandislik va qurilish xizmatlari koʻrsatildi. Masalan, Norin kaskad gidroelektr stansiyasining 38 megavatt quvvatga ega boʻlgan ilk gidroelektr stansiyasi toʻliq mahalliy mahsulotlardan foydalanilgan holda barpo etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan axborotga koʻra, joriy yil yanvar — noyabr oylari davomida yoqilgʻi-energetika tarmogʻida jami 8,8 mlrd. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar, shundan elektr energetikasi boʻyicha 6,3 mlrd. AQSH dollari, shu jumladan yashil energiya loyihalari boʻyicha 4,7 mlrd. AQSH dollari va neft-gaz sohasi boʻyicha 2,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda respublika boʻyicha jami 148 ta elektr stansiyasi mavjud boʻlib, ularning jami quvvati 25 797 megavattni tashkil etadi. Ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda bir qancha elektr stansiyalari ishga tushirilmoqda. Jumladan, 2016-yilda respublikada jami 14,2 gigavatt ishlab chiqarish quvvatlari mavjud boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib, ushbu koʻrsatkich 25,8 gigavattni tashkil etadi. Quvvatlarning qariyb 31 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga toʻgʻri kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida hududlarda jami 787 km uzunlikdagi magistral va 29,5 ming km uzunlikdagi taqsimlovchi tarmoqlar, 9 ta magistral podstansiyadagi transformatorlar va 10 270 ta transformator punkti mukammal taʼmirlandi. Shu jumladan Toshkent shahri boʻyicha jami 863,1 km uzunlikdagi taqsimlovchi tarmoqlar, 1 ta magistral podstansiyadagi transformator va 670 ta transformator punkti mukammal taʼmirlandi. Bundan tashqari jami 7,5 ming km uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 1 748 ta transformator punkti rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotga koʻra, respublika boʻyicha 279 ta avariyaviy brigada tashkil etilib, ularga 224 ta avtotransport va 279 ta maxsus texnika vositasi biriktirildi hamda mazkur brigadalar 616 ta payvandlash apparati bilan taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz yetkazib berish tizimining barqarorligini taʼminlash maqsadida 70,9 km uzunlikdagi quvurlarning nosoz qismlari almashtirildi, 3 591,4 km uzunlikdagi quvurlar tozalandi, 91 ta kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregatlari taʼmirlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilarning gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida 553,1 km uzunlikdagi tarmoqlar va 971 ta gaz taqsimlash punkti mukammal taʼmirlandi hamda 50 195 ta gaz taqsimlash punkti texnik taftishdan oʻtkazildi. Toshkent shahri boʻyicha isteʼmolchilarning gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida 9,8 km uzunlikdagi tarmoqlar va 181 ta gaz taqsimlash punkti mukammal taʼmirlandi hamda 3 641 ta gaz taqsimlash punkti texnik taftishdan oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohada amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda hal etilishi lozim boʻlgan masalalar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2025-yilda ishga tushirilishi lozim boʻlgan loyihalar toʻliq ishga tushirilmagan. Bu esa rejalashtirilgan yangi quvvatlarning ishga tushishini kechiktirib, mavjud tarmoqlarning yuklamasi ortishiga sabab boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohada koʻmir, mazut va tabiiy gazdan foydalanish hajmi sezilarli darajada saqlanib qolmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, atmosferada zararli gazlar hajmining oshishiga, atrof-muhitga salbiy taʼsirning kuchayishiga olib kelmoqda. Shuningdek elektr energiya ishlab chiqarishda koʻmir va tabiiy gazdan foydalanilganda atmosfera havosiga chiqariladigan zararli moddalar miqdorini Parij bitimi doirasida 2035-yilgacha zararli gazlar emissiyasini 50 foizga qisqartirish yuzasidan mamlakatimiz oʻz zimmasiga olgan xalqaro majburiyatdan kelib chiqqan holda, yanada kamaytirish boʻyicha qatʼiy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillarga koʻra, sohada magistral elektr tarmoqlariga eʼtiborni kuchaytirish lozim. Bugungi kunda magistral elektr tarmoqlarida eskirgan tarmoqlar ulushi 44 foizni, eskirgan podstansiyalar esa 55 foizni tashkil etmoqda. Bu esa elektr energiyasini uzatishdagi uzilishlarga, quvvatlarning kamayishiga hamda avariyalar xavfining oshishiga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari energetika sohasining milliy iqtisodiyotdagi oʻrni va yuklamasidan kelib chiqib, malakali kadrlar masalasi doimo dolzarb hisoblanadi. “Yashil” energetikaga oʻtish bosqichida kadrlarning malakasi yuqori boʻlishi, zamonaviy texnologiyalarga oid bilimlarni chuqur egallagan boʻlishi talab etiladi. Shu sababli kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, nazariya va amaliyot uygʻunligini kuchaytirish boʻyicha aniq va samarali chora-tadbirlar belgilash talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga joriy yilda oʻzlashtirilishi belgilangan investitsiyalarning toʻliq oʻzlashtirilishida kechikishlar kuzatilmoqda. Mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilmasligi sohada modernizatsiya jarayonlarining choʻzilishiga, yangi quvvatlarning oʻz vaqtida ishga tushirilmasligiga hamda sohani rivojlantirish boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarga erishishda kamchiliklar yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J. Mirzamahmudovning “Energiya taʼminoti barqarorligini taʼminlash, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining hamda iqtisodiyot tarmoqlarining energiya resurslariga nisbatan tobora oʻsib borayotgan talablarini toʻliq qanoatlantirish, elektr energiyasi taʼminotining barqarorligi va uzluksizligini taʼminlash boʻyicha tizimli va strategik chora-tadbirlar dasturini qatʼiy amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlardagi eskirgan elektr tarmoqlarini, transformatorlarni va yuqori kuchlanishli podstansiyalarni zamonaviy, energiya tejovchi texnologiyalar asosida toʻliq yangilash jarayonini jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash obyektlarida yuzaga keladigan texnologik uzilishlarning oldini olishga qaratilgan profilaktika, taʼmirlash va modernizatsiya ishlarining toʻliq hajmda va yuqori sifatda bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarini oʻz vaqtida va toʻliq quvvatda ishga tushirish orqali mamlakatimizda jami ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasida “yashil” energiyaning ulushini oshirish boʻyicha belgilangan rejalar ijrosini soʻzsiz taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi uylariga, ijtimoiy soha obyektlariga va tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarga kichik quyosh panellari va boshqa muqobil energiya manbalari oʻrnatilishini ragʻbatlantirish boʻyicha qulay va samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika resurslaridan oqilona va tejab foydalanish yuzasidan targʻibotni kuchaytirish, barcha tarmoqlarda energiya samaradorligini oshirish dasturlarini joriy etish va “aqlli” hisoblagich tizimlari oʻrnatilishini tezlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi energetika obyektlarini barpo etishda va mavjud energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishda mahalliy asbob-uskunalar va materiallardan foydalanish ulushini oshirishga, shuningdek mahalliy loyiha-muhandislik xizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga energiya taʼminoti boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, isteʼmolchilarning murojaatlarini yanada tezkor va samarali hal etish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika sohasining zamonaviy talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi energiya taʼminoti barqarorligini taʼminlash, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1529-V-son