Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Xudayarovning “Sogʻliqni saqlash sohasi boʻyicha qabul qilingan rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Xudayarovning “Sogʻliqni saqlash sohasi boʻyicha qabul qilingan rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosi toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi eshituvga tayyorgarlik koʻrilishini hamda uning oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-dekabr,
1522-V-son