Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
URGANCH SHAHRIDAGI HARBIY KASBLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI TASARRUFIGA OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA
Vatan ozodligi va yurt ravnaqi yoʻlida xizmat qiladigan barkamol yosh avlodni tarbiyalash, ularni harbiy kasblarga yoʻnaltirish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Urganch shahridagi Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi harbiy kasblarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (T. Joʻrayev) Urganch shahridagi harbiy kasblarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni belgilangan tartibda oʻz tasarrufiga qabul qilib olsin va uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyati hududidagi harbiy kasblarga yoʻnaltirilgan tayanch muassasaga aylantirish va uning nufuzini oshirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S. Rahimov) mazkur taʼlim muassasasining xarajatlarini qoplash uchun 2005-yilgi respublika budjeti va Xorazm viloyati mahalliy budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-iyul,
175-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 229-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda)