19.12.2025 yildagi SQ-227-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori M. Egamberdiyevga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yuborilgan parlament soʻrovi boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur parlament soʻrovida koʻtarilgan masalalar Majburiy ijro byurosi hamda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzolari tomonidan joylarda oʻrganilib, tahlil qilindi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash, shuningdek, ijro etish tizimini soddalashtirish maqsadida 14 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilib, ularning 10 tasi amaliyotga joriy qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, joriy yilda 4,2 mln ta ijro hujjati boʻyicha qarzdorlik amalda undirilib, bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 48 foizga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aliment toʻlovlarini undirish, bu borada toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha hisobot davrida jami 1,5 trln soʻm, shu jumladan bank kartalari orqali 1,2 trln soʻm aliment pullari undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsiz boʻlgan aliment toʻlovchilarning 15 690 nafari ishga joylashtirilgan, 8 371 ta oila yarashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alimentga oid hujjatlar boʻyicha qarzdor boʻlgan 9 735 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy, 732 nafarga jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29,9 trln soʻm, shundan davlat foydasiga 17,9 trln soʻm undirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan umumiy undiruv 2,9 trln soʻmga (11 %), davlatga undiruv esa 7,6 trln soʻmga (73 %) oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdan noqonuniy boʻshatilgan 457 nafar shaxs ishga tiklangan, toʻlanmagan 21,9 mlrd soʻmlik ish haqi undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimliklardan fuqarolar va yuridik shaxslar foydasiga 605 mlrd soʻmlik kompensatsiya pullari undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjati talabini bajarmagan 79 076 nafar qarzdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, 735 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro sohasiga IT texnologiyalarini keng joriy etish va ijro jarayonida inson omilini kamaytirish maqsadida “MIB — Portal” dasturi 39 ta vazirlik, idora va tashkilotlarning 68 ta axborot tizimiga integratsiya qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda 36 ta ijro harakatidan 22 tasi inson omilisiz axborot tizimlari orqali amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda ijro ishlari doirasida qabul qilingan 63,1 mln ta qarordan 43,1 mln tasi yoki 68 foizi inson aralashuvisiz avtomatik tarzda qabul qilingan. Sohani raqamlashtirish maqsadida byuroda 20 dan ortiq axborot tizimi ishlab chiqilib, 95 mlrd soʻm mablagʻ tejalgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ilgari 1 nafar davlat ijrochisi 1 oyda oʻrtacha 113 ta hujjatni tamomlagan boʻlsa, bugungi kunga kelib ushbu koʻrsatkich 282 tani tashkil qilib, ish samaradorligi 2,5 barobarga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash joizki, davlat ijrochilarining ish hajmi meʼyorlari ilmiy yondashuv asosida qayta koʻrib chiqilib, 2025-yil 9-oktabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 49-QQ-sonli buyrugʻida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini yuritish boʻyicha sarflanadigan vaqt va ish hajmi meʼyorlari qayta hisob-kitob qilinib, bir nafar davlat ijrochisi bir oyda 26,3 ta, bir yilda esa 315,5 ta hujjatning ijrosini taʼminlash imkoniyati mavjudligi belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalarga alohida eʼtibor qaratilib, joriy yilning oʻtgan davrida Oʻzbekiston Respublikasi Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan 78 176 ta murojaatdan 71 482 tasi hal qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillarga koʻra, har mingta ijro hujjati boʻyicha kelib tushgan murojaatlar soni 8 tani tashkil qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan bu koʻrsatkich 8 276 taga yoki 10 foizga kamaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishining tub sabablari tahlil qilinib, uning oldini olishda qonun hujjatlarini takomillashtirish, sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda xodimlarning harakati va harakatsizligi ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirish va ularning masʼuliyatini oshirish kabi yoʻnalishlarda ishlar qayta tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda parlament soʻrovi natijalarining tahlili ayrim kechiktirib boʻlmaydigan masalalar ham mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda “Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasi hisobidan 2 027 nafar aliment undiruvchiga 54,2 mlrd soʻm toʻlangan. Ushbu mablagʻlarning atigi 2,1 mlrd soʻmi (3,9 %) jamgʻarmaga qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiyligini amalda taʼminlash borasida koʻrilayotgan choralar yetarli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlarning 2 trln soʻmlik, budjet tashkilotlarining 918 mlrd soʻmlik, hokimliklarning esa 193,5 mlrd soʻmlik qarzdorliklari (kompensatsiyalari) toʻlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 80-moddasida nazarda tutilgan ketma-ketlikdagi undiruvlar navbatida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining manfaatlari toʻliq aks ettirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi A. Eshmuratovning sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori M. Egamberdiyevga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasi hisobidan toʻlab berilgan mablagʻlarni qaytarish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimliklar, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan va budjet tashkilotlaridan qarzdorliklarni oʻz vaqtida undirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan ketma-ketlikda undiruvlar navbatini qayta koʻrib chiqib, unda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini aks ettirish boʻyicha takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruv samaradorligini oshirish maqsadida sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilsin. Bunda sinov tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro jarayonlarini sunʼiy intellekt yordamida avtomatlashtirish orqali har bir ijrochi yuklamasi, ishning murakkabligi va hududiy omillar asosida avtomatik tarzda ishlarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlarini tahlil qilib, zarur maʼlumotlarni (qarzdor, miqdor, muddat) avtomatik tarzda aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro ishi boʻyicha muddat buzilishi, xato va kamchiliklarni aniqlab, masʼul ijrochini ogohlantirish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va byuro organlari oʻrtasidagi elektron hamkorlik dasturlarini koʻrib chiqib, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning majburlov mexanizmidan foydalanmagan holda ijro etiladigan hujjatlar toifasini kengaytirish borasida milliy va xalqaro qonunchilik hujjatlarini oʻrganib, tahlil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byuro organlari xodimlari tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishining oldini olish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini oʻz vaqtida taʼminlashga qaratilgan alohida yoʻl xaritasini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Soliq qoʻmitasi ishga tiklashga oid sud qarorlari ijrosini oʻz vaqtida taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga undirilishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha sud qarorlari ijrosini taʼminlasin hamda mavjud qarzdorliklarni toʻliq bartaraf etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror ijrosiga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2026-yil 25-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga oʻz hududlarida ijro qonunchiligiga rioya qilinishini, aliment undirish hamda boshqa ijro harakatlari bilan bogʻliq koʻp uchrayotgan holatlarni tahlil qilish va bu borada masʼullarning axborotlarini eshitish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi A. Eshmuratov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-227-V-son