Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 17-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 380]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 261, 2024-yil 24-iyun) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-dekabr,
10/2-42-son
Kelishildi:
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
2025-yil 19-noyabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
2025-yil 17-noyabr
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2025-yil 6-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 9-dekabrdagi 01/2-42-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu SHNQda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisida umumiy texnik reglament;
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3586, 2024-yil 19-dekabr);
SHNQ 1.02.07-19 “Qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar. Asosiy qoidalar”;
SHNQ 1.02.09-21 “Qurilish uchun muhandislik-geologiya izlanishlari”;
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va mazmuni”;
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
SHNQ 2.01.08-24 “Shovqindan himoya”;
SHNQ 2.02.02-20 “Gidrotexnika inshootlarining asoslari”;
SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
SHNQ 2.04.03-24 “Oqova suvlarni chiqarib yuborish. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SHNQ 2.04.07-22 “Issiqlik tarmoqlari”;
SHNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.13-24 “Qozonxonalar”;
SHNQ 2.04.17-24 “Turarjoy va jamoat binolarining elektr jihozlari”;
SHNQ 2.05.02-23 “Avtomobil yoʻllari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.05.03-22 “Koʻpriklar va quvurlar”;
SHNQ 2.05.04-21 “Metropolitenlar”;
SHNQ 2.05.06-22 “Magistral quvurlar”;
SHNQ 2.05.07-24 “Avtoturargohlar”;
SHNQ 2.05.08-21 “Aerodromlar”;
SHNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yoʻllari”;
SHNQ 2.05.12-22 “Shaharlar va boshqa aholi punktlari hududiga yotqizilgan neft quvurlari”;
SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari”;
SHNQ 2.06.03-12 “Sugʻorish tizimlari. Loyihalashtirish talablari”;
SHNQ 2.06.04-21 “Gidrotexnika inshootlariga boʻladigan yuklanish va taʼsirlar”;
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar”;
SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha-yoʻllari. Piyoda mintaqalari 2-qism”;
SHNQ 2.07.06-24 “Shahar koʻcha yoʻllari. Harakat xavfsizligi 3-qism”;
SHNQ 2.07.07-24 “Yer osti makonlari”;
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash”;
SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari”;
SHNQ 2.08.03-21 “Sanatoriylar”;
SHNQ 2.08.07-22 “Nogironligi boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari binolarini loyihalashtirish”;
QMQ 2.09.01-19 “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bosh rejalari”;
SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari”;
SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash”;
SHNQ 2.09.21-22 “Yongʻin-qutqaruv depolari va postlari”;
SHNQ 2.09.19-22 “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari”;
SHNQ 2.09.20-08 “Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari”;
OʻzMSt 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish”;
Oʻz DSt 3196:2023 “Avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalaridagi avtobus bekatlari. Umumiy texnik talablar”;
SanQvaN 0020-22 “Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”;
SanQvaN 0083-24 “Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”;
SanQvaN 0198-06 “Oʻzbekiston Respublikasi dam olish muassasalari kurort-rekreatsiya zonalarini loyihalashtirish, qurish va obodonlashtirish”;
SanQvaN 0200-06 “Oʻzbekiston aholisini markazlashtirilgan xoʻjalik ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun yer usti va yer osti suv manbalari sinflarini aniqlash, gigiyenik baholashning sanitariya qoidalari va normalari”;
SanQvaN 0244-07 “Xoʻjalik ichimlik suvi quvurlari va suv taʼminoti uchun moʻljallangan sanitar qoʻriqlanadigan zonalardan foydalanish va loyihalashtirishning sanitariya qoidalari va normalari”;
SanQvaN 0267-20 “Turar joylarda, jamoat binolarida, aholi yashash hududlarida va dam olish zonalarida ruxsat etilgan shovqin darajasining sanitariya qoidalari va meʼyorlari”;
SanQvaN 0102-25 “Turar joy obyektlarini loyihalashtirish va qurishga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”;
SanQvaN 0318-15 “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv havzalarida suvni muhofaza qilish boʻyicha gigiyenik va epidemiyaga qarshi talablar” ;
SanQvaN 0331-16 “Oʻzbekiston iqlimi sharoitlarida turar joylarni loyihalashtirish, tashkiletish va saqlash boʻyicha sanitariya qoidalari va normalari”;
SanQvaN 0339-16 “Oʻzbekiston aholi punktlarini rejalashtirish va rivojlantirish boʻyicha sanitariya qoidalari va normalari”;
SanQvaN 0103-25 “Sanitariya-muhofaza zonasiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”;
SanQvaN 0370-19 “Aholi punktlarida radiotexnik obyektlarni joylashtirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari va normalari”;
SanQvaN 0060-23 “Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashning sanitariya qoidalari va normalari”;
GOST 22283-2014 “Aviatsiya shovqini. Turar joy qurilishida shovqinning yoʻl qoʻyiladigan darajalari va ularni oʻlchash usullari” (rasmiy manba: Shum aviatsionniy. Dopustimie urovni shuma na territorii jiloy zastroyki i metodi yego izmereniya);
GOST 20444-2014 “Shovqin. Transport oqimlari. Shovqin tavsiflarini oʻlchash usullari” (rasmiy manba: Shum. Transportnie potoki. Metodi opredeleniya shumovoy xarakteristiki).”.
2. 18-banddagi “SHNQ 1.03.02-04” degan soʻzlar “SHNQ 1.03.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 67-bandda:
birinchi xatboshidagi “SHNQ 2.08.01-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.08.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-jadvaldagi “SHNQ 2.08.01-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.08.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 78-bandda:
birinchi xatboshidagi “SanQvaN 0331-16” va “SHNQ 2.08.01-19” degan soʻzlar tegishli ravishda “SanQvaN 0102-25” hamda “SHNQ 2.08.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “19-bobida” degan soʻzlar “18-bobida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 79-bandning 2-jadvali “Izohlar” qismidagi “SanQvaN 0331-16” degan soʻzlar “SanQvaN 0102-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 111-banddagi “SanQvaN 0350-17” degan soʻzlar “SanQvaN 0103-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 145-banddagi “SHNK 2.09.02-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 151 va 167-bandlardagi “SanQvaN 0350-17” degan soʻzlar “SanQvaN 0103-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 218-banddagi “QMQ 2.05.06-97” degan soʻzlar “SHNQ 2.05.06-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 240-bandda:
birinchi xatboshidagi “QMQ 2.04.03-19”, “SanQvaN 0129-02” va “SanQvaN 0350-17” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.04.03-24”, “SanQvaN 0083-24” hamda “SanQvaN 0103-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-jadvalning “Izohlar” qismidagi “QMQ 2.04.03-19” va “SanQvaN 0350-17” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.04.13-24” hamda “SanQvaN 0103-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 243-bandning birinchi xatboshisidagi “QMQ 2.04.03-19” va “SanQvaN 0318-15” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.04.13-24” hamda “SanQvaN 0083-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 260-band va 261-bandning uchinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.04.17-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.17-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 271-bandning 16-jadvali “Izohlar” qismidagi “SanQvaN 0350-17” degan soʻzlar “SanQvaN 0103-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 275-banddagi “QMQ 2.04.05-97” va “QMQ 2.04.13-99” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.04.05-22” hamda “SHNQ 2.04.13-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 277 va 278-bandlardagi “QMQ 2.05.06-97” degan soʻzlar “SHNQ 2.05.06-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 301-banddagi “SHNQ 2.05.02-07” degan soʻzlar “SHNQ 2.05.02-23 va SHNQ 2.07.06-24 talablari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 305-banddagi “SHNQ 2.05.02-07” degan soʻzlar “SHNQ 2.05.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 311-banddagi “SHNQ 2.05.02-07” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.06-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 316-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.05.02-07” degan soʻzlar “SHNQ 2.05.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 328-banddagi “Oʻz DSt 3644:2023” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.06-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 330-banddagi “SHNQ 2.05.02-07” degan soʻzlar “SHNQ 2.05.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 346-bandning ikkinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.07.02-22” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.02-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. 358-banddagi “SHNQ 2.05.02-07” degan soʻzlar “SHNQ 2.05.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24. 362-bandning birinchi xatboshisidagi “SanQvaN 0350-17” degan soʻzlar “SanQvaN 0103-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. 363-banddagi “SHNQ 2.05.08-97”, “GOST 12.1.006-84” va “SanQvaN 0019-21” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.05.08-21”, “SanQvaN 0060-23” va “SanQvaN 0370-19” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
26. 393-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“393. Avtobus va trolleybuslarning bekatlarini chorrahadan soʻng kamida 20 m masofada joylashtirish lozim. Bunda, yoʻl harakati ishtirokchilari uchun koʻrish uchburchagi taʼminlanishi hamda SHNQ 2.07.06-24 va Oʻz DSt 3196:2023 talablariga rioya etilishi lozim.”.
27. 398-banddagi “QMQ 2.05.04-97” degan soʻzlar “SHNQ 2.05.04-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
28. 410-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari “avtoturargohlar” degan soʻzdan keyin “SHNQ 2.05.07-24 ga muvofiq” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
29. 416-bandning 29-jadvalida:
a) 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | ||
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻp qavatli turar joy binolari | 10 ta kvartiraga | 7 ta |
”; |
b) izohlar qismida:
“Izohlar” degan soʻz “Izoh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
30. 430-banddagi “SHNQ 2.05.02-07” degan soʻzlar “SHNQ 2.05.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31. 452-banddagi “SHNQ 2.08.02-09” degan soʻzlar “SHNQ 2.08.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
32. 521-banddagi “SanQvaN 0350-17” degan soʻzlar “SanQvaN 0103-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33. 539-bandning 39-jadvali “Xizmat koʻrsatish muassasalari va tashkilotlarining binolari (yer uchastkalari)dan masofa, m” ustunidagi “SanQvaN 0350-17” degan soʻzlar “SanQvaN 0103-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
34. 544-banddagi “SHNQ 2.08.02-09” degan soʻzlar “SHNQ 2.08.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
35. 582-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xizmat koʻrsatish doirasi umumiy foydalanish yoʻllari boʻyicha hisoblanganda 3 000 m deb qabul qilinishi kerak.”.
36. 599-banddagi “QMQ 2.02.02-98” va “QMQ 2.06.01-97” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.02.02-20” hamda “SHNQ 2.06.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
37. 604 va 606-bandlardagi “SHNQ 1.02.09-15” degan soʻzlar “SHNQ 1.02.09-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
38. 611-banddagi “QMQ 2.06.01-97” va “QMQ 2.06.04-97” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.06.01-24” hamda “SHNQ 2.06.04-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
39. 613-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“613. Atrof-muhitga taʼsirni baholash (AMTB) materiallari Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3586, 2024-yil 19-dekabr) muvofiq ishlab chiqilishi lozim.”.
40. 623-banddagi “SanQvaN 0267-09” va “QMQ 2.01.08-19” degan soʻzlar “SanQvaN 0267-20” hamda “SHNQ 2.01.08-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
41. 627-banddagi “SanQvaN 0350-17” degan soʻzlar “SanQvaN 0103-25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
42. 628-banddagi “QMQ 2.05.04-97” degan soʻzlar “SHNQ 2.05.04-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
43. 629-banddagi “SanQvaN 0019-21” degan soʻzlar “SanQvaN 0370-19” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
44. 632-banddagi “SHNQ 1.03.02-04” degan soʻzlar “SHNQ 1.03.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
45. Quyidagi mazmundagi 6511-band bilan toʻldirilsin:
“6511. Konstruktiv yongʻin xavfi sinfidan qatʼi nazar, funksional yongʻin xavfi boʻyicha F1 — F4 sinflariga mansub hamda I-II olovbardoshlik darajasiga ega boʻlgan binolarni joylashtirishda, agar qarama-qarshi joylashgan binolarda birining devori (maxsus qurilgan mustaqil devor) yoki har ikkala binoning bir-biriga qaragan devorlari I-turdagi yongʻinga qarshi (oyna va eshiklarsiz) boʻlganda, ushbu binolar orasidagi oraliq masofalar normalanmaydi. Mazkur talablar vaqtinchalik binolar va inshootlarga (qurilmalarga) nisbatan ham tatbiq etilishiga yoʻl qoʻyiladi.”.
46. 652-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “SHNQ 2.08.01-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.08.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bitta yer uchastkasi doirasida joylashgan turar joy binolari oʻrtasidagi, shuningdek turar joy binolari bilan xoʻjalik imoratlari (omborxona, garaj, hammom) oʻrtasidagi masofalar normalanmaydi.”.
47. 653-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, mazkur SHNQning 652-bandi birinchi xatboshisida belgilangan talablarga rioya etilishi lozim.”.
48. 656-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“SHNQ 2.09.03-23 talablariga muvofiq olovbardoshlilik darajasi V boʻlgan hamda yongʻin xavfi boʻyicha B1 — B4 toifalariga mansub ombor binolarini bir-biriga jipslashtirib (yonma-yon) qurishga yoʻl qoʻyiladi.”.
49. 660-bandidagi “QMQ 2.09.19-97” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.19-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
50. 660-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “QMQ 2.09.19-97” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.19-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 57-jadvalning “Izohlar” qismida:
“F4.1 va F2” degan soʻzlar “F2, F3.6 va F4.1” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“QMQ 2.09.19-97” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.19-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
51. 676-banddagi “bogʻchalar” degan soʻz “uy oldi bogʻlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
52. 679-bandning ikkinchi xatboshisidagi “B” harfi “V” raqami bilan almashtirilsin.
53. 680-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu SHNQning 6511-bandi talablariga mos boʻlgan maxsus mustaqil devorlar qurilganda turar joy hamda jamoat bino va inshootlaridan vaqtinchalik inshoot (qurilma)largacha boʻlgan masofalar normalanmaydi.”.