Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-149-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-149-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 13-noyabrda kiritilgan “Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-149-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-noyabr,
1445-V-son