Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlashga hamda qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 18-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2025-yil 18-dekabrda maʼqullangan
Keyingi yillarda soliq yukini izchil ravishda pasaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, shuningdek soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish orqali iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bozorda teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash, shuningdek yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlari doirasida qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibini soddalashtirishni, ishlab chiqarishni yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirishni, yaylov xoʻjaliklarining moliyaviy ahvolini yaxshilashni, yengil sanoat va xizmatlar sohasini, ipoteka bozorini, shuningdek farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni va kreativ parkning rezidentlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan soliq imtiyozlari taqdim etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlashga hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli tovarlar ishlab chiqarilishini kengaytirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061, 1062-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 2, 111, 114-moddalar, № 6, 530-modda, № 9, 960-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 3, 370-modda, № 4, 519, 520, 522-moddalar, № 6, 730-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 24-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Aylanmadan olinadigan soliq yoki qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi yakka tartibdagi tadbirkor moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi sababli belgilangan tartibda davlat soliq organining taqdimnomasiga asosan harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida oʻz faoliyatini tiklamagan taqdirda, u roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra tugatilishi mumkin”;
2) 53-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi sababli belgilangan tartibda davlat soliq organining taqdimnomasiga asosan harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida oʻz faoliyatini tiklamagan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra, bundan nodavlat notijorat tashkilotlari mustasno”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ-328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 384, 385-moddalar; 2018-yil, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 8, 830-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1080-modda) 49-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tugatish uning qaroriga yoki sudning yoxud roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 4, 519, 520, 521, 522-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar, № 6, 729, 731-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 83-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliq imtiyozlaridan foydalanilganidan keyin jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha hisoblangan soliq summasining kamayishiga olib keladigan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari ularning asosliligi soliq organlari tomonidan oʻrganib chiqilganidan keyin qabul qilinadi”;
ikkinchi — oltinchi qismlari tegishincha uchinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 263-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning qoidalari tovarlarni xalqaro tashishni tashkil etishda transport ekspeditsiyasi shartnomalariga asosan koʻrsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmatlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu modda maqsadida transport-ekspeditorlik xizmatlari jumlasiga yuklarni qabul qilish va yetkazib berish, ortish-tushirish va saqlash, yuklarni sugʻurtalashni tashkil etish, tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi xizmatlari, yetkazib berish muddatlari tugaganidan keyin yuklarni qidirish, ularni ekspeditorning omborxonalarida saqlash xizmatlari kiradi”;
3) 337-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 102-band bilan toʻldirilsin:
“ | ||
102. | Yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda | 0 |
”; |
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni joriy etgan soliq toʻlovchilarga nisbatan ushbu modda birinchi qismining 102-bandida nazarda tutilgan 0 foiz miqdordagi soliq stavkasi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch yil muddatga, ularning yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga oid qismi boʻyicha qoʻllaniladi”;
oʻn ikkinchi qismi oʻn uchinchi qism deb hisoblansin;
4) 414-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni joriy etgan soliq toʻlovchilar obyektlarining yuqori texnologiyali ishlab chiqarish uskunalari egallagan qismi boʻyicha — ushbu uskunalar foydalanishga qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch yil muddatga”;
5) 426-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 17-band bilan toʻldirilsin:
“17) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi muassisligida davlat muassasasi shaklida tuzilgan hududiy yaylov xoʻjaliklarining doimiy foydalanishdagi yaylov yerlari”;
6) 429-moddaning oltinchi qismidagi “0,25 koeffitsiyent” degan soʻzlar “0,1 koeffitsiyent” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 461-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 14-band bilan toʻldirilsin:
“14) dori vositalari, tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarga va (yoki) tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga”;
8) 467-modda birinchi qismining 3-bandi chiqarib tashlansin;
9) 483-moddaning:
yigirmanchi va yigirma birinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻttiz yoshdan oshmagan xodimlarni ishga qabul qilgan chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), avtotransport vositasida yoʻlovchi va yuk tashish, avtotransport vositalarini taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani taʼmirlash, agro va veterinariya xizmatlari koʻrsatuvchi, shuningdek koʻngilochar markazlarda xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari — 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ularga toʻlanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlardan ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
Ushbu moddaning yigirmanchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi:
har oyda xodimlarga oʻrtacha ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki yarim baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;
belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etganda. Shuningdek xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozning amal qilishi bekor qilinadi”;
oltmish sakkizinchi qismidagi “tadbirkorlik subyektlari” degan soʻzlar “nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yetmish toʻrtinchi — sakson beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foyda soligʻini 2 foiz va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi.
Ushbu moddaning yetmish toʻrtinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi:
har oyda xodimlarga oʻrtacha ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;
hisobot davrida toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan hamda shartnomaga muvofiq qayta ishlash sharti bilan berilgan xom ashyoni qayta ishlash yuzasidan koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha olingan daromadning umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 70 foizini tashkil etganda.
Ushbu moddaning yetmish beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilgan taqdirda, soliq imtiyozlari ushbu chorak uchun qoʻllaniladi.
Ushbu moddaning yetmish beshinchi qismida nazarda tutilgan barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari soliq organlari tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda hisobot choragi yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar aniqlanadi.
Ushbu moddaning yetmish toʻrtinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlaridan tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilganidan keyin soliq hisobotlarini qayta taqdim etish orqali belgilangan shartlarga rioya etmaganlik holati aniqlanganda soliq imtiyozi bekor qilinib, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va budjetga undiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha tashabbuskorlar yangi bogʻlarni barpo etishda xorijiy davlatlardan (qoʻshni davlatlardan tashqari) payvandtagli mevali koʻchatlarni va payvandtaglarni, payvandustlarini, onalik materiallarini va texnika vositalarini olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod etiladi.
Ushbu Kodeks 2893-moddasi birinchi qismining 2-bandida belgilangan polietilen granulalarni farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar aksiz soligʻidan ozod qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarning ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari hamda ular qoshidagi maxsus vakolatli tashkilotlar tomonidan emissiya qilingan obligatsiyalar boʻyicha daromadlari 2030-yil 1-yanvarga qadar foyda soligʻidan ozod qilinadi.
Ushbu moddaning sakson birinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz mazkur obligatsiyalar muomalada boʻlgan davrda hisoblangan foizlar tarzidagi daromadlarga nisbatan tatbiq etiladi.
2025-yil 1-maydan boshlab “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etish doirasida auksion savdolarida yer uchastkasini koʻp kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer uchastkasi ijaraga olingan paytdan eʼtiboran ushbu yer uchastkasi boʻyicha yer soligʻini toʻlashdan 12 oy davomida ozod qilinadi. Bunda, agar koʻp kvartirali uy-joy belgilangan muddatda qurilib, foydalanishga topshirilmasa, imtiyozdan foydalanilgan davr uchun yer soligʻi 2 baravar miqdorda undiriladi.
Yangi tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi va dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash kooperativlari uchun ijtimoiy soliq hamda ularga ishga qabul qilingan xodimlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlanadi.
Kreativ parkning rezidentlari 2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvarga qadar:
xodimlarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hamda ijtimoiy soliqni belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qatʼi nazar, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar hisoblanadi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 803, 804-moddalar, № 10, 973-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 9, 958-modda, № 10, 1080-modda, № 12, 1285, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 201-modda) 51-moddasining amal qilishi 2025-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha toʻxtatib turilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 3-moddasi 7 va 8-bandlarining, 9-bandi yigirma birinchi xatboshisining qoidalari 2025-yil 1-apreldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun 3-moddasi 9-bandi uchinchi, toʻqqizinchi, oʻn oltinchi, oʻn yettinchi xatboshilarining qoidalari 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun 3-moddasi 9-bandi yigirmanchi, yigirma ikkinchi, yigirma uchinchi, yigirma toʻrtinchi xatboshilarining qoidalari 2025-yil 1-maydan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-dekabr,
OʻRQ-1104-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1104/1213-son)