25.11.2025 yildagi 1484-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-217-sonli hamda 2025-yil 24-noyabrdagi “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-229-sonli farmonlarida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash va barqarorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosiga salbiy omillar taʼsirlarini kamaytirish yuzasidan bir qator muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, poytaxtimizda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish maqsadida nazoratni kuchaytirish va iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish zarurligi nazarda tutildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning organlaridan ushbu sohalardagi qonunchilikni bugungi kun talablari asosida yanada takomillashtirishni hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ustidan taʼsirchan parlament va deputat nazorati amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida deputatlar korpusining faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha “yoʻl xaritasi” (bundan buyon matnda “Yoʻl xaritasi” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan nazorat-tahlil tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatib, har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rahbariyatiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati “Yoʻl xaritasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1484-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 25-noyabrdagi 1484-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ustuvor vazifalar

Amalga oshiriladigan ishlar

Bajarish muddati

Masʼullar

I. Tashkiliy-amaliy va targʻibot-tashviqot tadbirlari

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”dagi PF-217-sonli hamda 2025-yil 24-noyabrdagi “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-229-sonli farmonlaridan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy tadbirlar.

1. Oʻzbekiston Prezidentining farmonlarida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatiga hamda ulardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga bagʻishlangan quyi palatadagi siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarini oʻtkazish.

24-noyabr

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari,

Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi,

Qonunchilik palatasining Devoni

2. Prezident hujjatlarida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini hamda ulardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni Qonunchilik palatasi Kengashining majlisida muhokama qilish.

24-noyabr

3. Prezident hujjatlarida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini hamda ulardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilish.

4. Ushbu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

25-noyabr

2.

“Atmosfera havosini muhofaza qilish: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

Davra suhbatida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, aholining qulay muhitda yashash huquqini taʼminlash maqsadida sohaga oid qonunlarni takomillashtirishga, qonunlar ijrosi ustidan parlament va deputat nazoratini kuchaytirishga doir masalalarga alohida eʼtibor qaratish.

25-noyabr

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

3.

Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish boʻyicha targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

1. Deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish va mamlakatimizda atrof-muhitga salbiy omillar taʼsirlarini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning hamda koʻrilayotgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish. Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli hamda 2025-yil 24-noyabrdagi PF-229-sonli farmonlaridan kelib chiqib, ekologik holatni yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarning borishiga;

Toshkent shahrida atmosfera havosi tozaligini taʼminlash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus komissiya tomonidan bajarilayotgan ishlarga hamda ushbu komissiyaga yuklatilgan vazifalar va berilgan vakolatlar doirasida qabul qilinayotgan qarorlarga;

ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilishga qoʻyiladigan talablarni qatʼiylashtirish, hududlarda keng koʻlamli koʻkalamzorlashtirish hamda havo sifatini nazorat qilishning zamonaviy tizimini yaratish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratiladi.

2. Joylarda ekologik barqarorlikni taʼminlash, koʻkalamzorlashtirish va havo sifatini nazorat qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarda hamda ushbu yoʻnalishdagi targʻibot-tashviqot tadbirlarida faol ishtirok etish.

3. Mazkur yoʻnalishda taʼsirchan parlament va deputat nazoratini amalga oshirish.

noyabr-dekabr

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari

4.

Mamlakatimizda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning hamda fuqarolarning javobgarligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilishi nazarda tutilgan qonun loyihasi yuzasidan takliflar tayyorlash.

Takliflarda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish:

maydoni 200 m2 va undan yuqori boʻlgan issiqxonalarda chang-gaz tozalash uskunalari nosoz ishlaganligi yoki mavjud boʻlmaganligi uchun qoʻllaniladigan maʼmuriy jarimalar miqdorlarini yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga nisbatan 5 baravarga va jismoniy shaxslarga nisbatan 3 baravarga oshirish;

maydoni 200 m2 va undan yuqori boʻlgan issiqxonalarda yoqilgʻi moddalar, material va chiqindilar (shina, bitum, mazut, ishlatilgan avtomobil moyi, plyonka, rezina, jun tolasi va boshqalar) yoqilgani aniqlanganda isitish qozonxonasini davlat foydasiga musodara qilishni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni joriy etish;

yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Yashil xayriya jamgʻarmasiga ajratiladigan ixtiyoriy xayriya tarzidagi mablagʻlarini hamda yashil bogʻlarni barpo qilish va ularni parvarishlash tadbirlari uchun yoʻnaltirilgan xarajatlarini foyda soligʻidan ozod qilish va hokazo.

10-dekabr

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari,

Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi,

Parlament tadqiqotlari instituti

5.

“Atrof-muhit monitoringi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Qonun loyihasi yuzasidan xalqaro tajribani oʻrganish.

2. Milliy normativ-huquqiy bazani xatlovdan oʻtkazish.

3. Qonun loyihasi boʻyicha takliflarni tayyorlash hamda oʻrnatilgan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

5. Takliflarni Qonunchilik palatasi Kengashiga kiritish.

25-dekabr

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

6.

Atmosfera havosiga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar va ochiq suv havzalariga oqiziladigan oqova suvlardan keltirilgan moddiy zararni aniqlash boʻyicha uslubiy qoʻllanma loyihasini ishlab chiqish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish.

2. Uslubiy qoʻllanma loyihasini ishlab chiqish.

3. Loyihani manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

25-dekabr

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi

7.

Hududlar kesimida atrof-muhit boʻyicha zamonaviy ekologik indikatorlar loyihasi yuzasidan takliflar tayyorlash.

1. Sohaga doir xalqaro tajribani oʻrganish.

2. Oʻrganilgan xorijiy tajriba asosida zamonaviy ekologik indikatorlar loyihasi boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

3. Takliflarni manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

29-dekabr

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi

II. Parlament nazorati tadbirlari

8.

Ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhit ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini taʼminlash.

1. Qonunchilik palatasida “hukumat soati”ni oʻtkazish hamda unda Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatovning “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasi” ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi deputatlarning savollariga javobini eshitish.

10-dekabr

Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston XDP fraksiyasi,

Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

2. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi va Toshkent shahar hokimligining “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish.

29-dekabr

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

3. Joylarda atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkaziladigan keng koʻlamli nazorat tadbirlarida faol ishtirok etish.

Zaruratga koʻra

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi aʼzolari

9.

Ekologik barqarorlikni taʼminlash, atmosfera havosining tozaligini saqlash yuzasidan saylov okruglarida saylovchilar tomonidan koʻtarilgan masalalarni hamda joylarda aniqlangan muammolarni hal etishda parlament soʻrovi va deputat soʻrovi institutlaridan samarali foydalanish.

1. Ekologik vaziyatni yanada yaxshilash va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash borasida joylarda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli davlat organlari mansabdor shaxslariga parlament soʻrovlarini yuborish.

2. Saylov okruglarida koʻtarilgan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish olish maqsadida tegishli davlat organlari mansabdor shaxslariga deputat soʻrovlarini yuborish.

doimiy ravishda

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari,

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari

3. Yuborilgan soʻrovlar va ular natijasida erishilgan ijobiy oʻzgarishlar haqida saylovchilarni muntazam xabardor qilib borish.

har oyda

10.

Ekologik jihatdan qulay yashash muhitini shakllantirish, ekologik vaziyatni yaxshilash borasida hududlardagi mavjud holatni oʻrganish va tizimli muammolarni hal etishda mahalliy Kengashlar bilan oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish.

1. Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyatlari davomida joylarda ekologik muhitga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni oʻrganish ishlariga mahalliy Kengashlar deputatlarini partiyaviyligidan kelib chiqqan holda jalb qilish.

har oyda

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari

2. Hududlarda aniqlangan masalalarni hamda mavjud muammolarni hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlariga har tomonlama koʻmaklashish.

Bunda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishi aniqlangan hollarning mahalliy Kengashlarning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyalarida koʻrib chiqilishini tashkil etish.

doimiy ravishda

III. Deputatlar korpusi tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish

11.

Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ushbu jarayonda parlamentning ishtiroki xususida saylovchilar va jamoatchilikni keng xabardor qilib borish.

1. Qonunchilik palatasi tomonidan mamlakatimizda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish yoʻnalishida amalga oshiriladigan ishlarni markaziy ommaviy axborot vositalarida, xususan respublika bosma nashrlarida, tele va radiokanallarida keng yoritilishini taʼminlash.

2. Deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati davomida joylarda ekologik barqarorlikni taʼminlash borasida amalga oshiriladigan targʻibot-tashviqot tadbirlarini Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali yoritish choralarini koʻrish.

3. Ushbu yoʻnalishda tashkil etiladigan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda deputatlarning faol ishtirokini taʼminlash hamda ulardan intervyular olinishini tashkillashtirish.

Alohida media-reja asosida

Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati,

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari