Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga iqtisodiy sudlarga murojaat qilishda mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-145-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga iqtisodiy sudlarga murojaat qilishda mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-145-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 5-noyabrda kiritilgan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga iqtisodiy sudlarga murojaat qilishda mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-145-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-noyabr,
1421-V-son