Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Vengriya oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Budapesht, 2025-yil 20-may) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-144-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 5-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Vengriya oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Budapesht, 2025-yil 20-may) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-144-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-noyabr,
1429-V-son