Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVSTRIYA RESPUBLIKASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 25-martdagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Avstriya Respublikasining Vena shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyun 292-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyun 292-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtatlar jadvaliga muvofiq elchixonani xodimlar bilan butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi uchun Tashqi ishlar vazirligining talabnomalariga koʻra moddiy-texnika resurslari, jihozlar, asbob-uskunalarni belgilangan tartibda ajratsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 28-fevral,
101-son