Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining
buyrugʻi
“Havo harakatidagi alohida vaziyatlar haqida havo kemalari ekipajlarining majburiy xabarnoma va bildirishnomalari shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 12-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2661-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-noyabrdagi 660-son “Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2025-yil 7-oktabrdagi 628-son “Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga aviatsiya hodisalarini tekshirish jarayonini fuqaro aviatsiyasi xalqaro standartlariga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 9-martdagi 60-n-son “Havo harakatidagi alohida vaziyatlar haqida havo kemalari ekipajlarining majburiy xabarnoma va bildirishnomalari shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2661, 2015-yil 17-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 11-son, 130-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor T. NAZAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-dekabr,
12-n-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 7-dekabr
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2025-yil 6-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 5-dekabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2025-y., 10/25/2661-1/1163-son)