15.12.2025 yildagi 789-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.12.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining ““112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2024-yil 29-maydagi 304-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga shoshilinch xizmat koʻrsatishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning sifatini oshirish, fuqarolarga shoshilinch xizmatlarga toʻsiqsiz murojaat qilishi va tezkor yordam olish imkoniyatini beruvchi yagona tizimni joriy etish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining ““112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2024-yil 29-maydagi 304-son qaroriga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK “Kontakt markazi” filialining tarmogʻi, texnik uskunalari va dasturiy taʼminotlari negizida “112” yagona dispetcherlik xizmati tashkil etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida tasdiqlangan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining ““112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2024-yil 29-maydagi 304-son qaroriga ilovaga muvofiq “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini koʻrsatilayotgan xizmatlarning narxlari (tariflari)dan kelib chiqib, shartnoma asosida budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Kontakt markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2025-yilda koʻrsatilgan xizmatlari uchun “Oʻzbektelekom” AK tomonidan ajratilgan mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan qoplab berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
789-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 789-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2024-yil 29-maydagi 304-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 5-bandning “b” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi yillarda “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratilishi nazarda tutilishini taʼminlasin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
““112” yagona dispetcherlik xizmatining narxlari (tariflari) narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan narxlar (tariflar) asosida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Kontakt markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida shartnoma tuziladi hamda ushbu shartnomaga muvofiq ishlab chiqilgan “Kontakt markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-ilovaning 6-bandi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “normativ-huquqiy hujjat” soʻzlari “idoraviy normativ-huquqiy hujjat” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 3-ilovaning 21-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
““112” YADXning operatorlik personalini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi hamda operatorlik personalni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2025-y., 09/25/789/1165-son)