Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ning 155-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3124-8]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 10/19/3124/2524-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ning 155-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-dekabr,
308-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 10/25/3124-8/1152-son)