Norasmiy tarjima
O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTINI TASHKIL QILISH TO‘G‘RISIDA
Moliyaviy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, respublikaning moliya, bank, hisob-kredit muassasalari, boshqa korxonalari va tashkilotlarining ularga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq ta’minlash maqsadida:
1. 1991-yil 1-iyundan boshlab SSSR Davlat bankining Toshkent hisob-kredit texnikumi, Toshkent xalq xo‘jaligi institutining “Moliya-kredit” va “Hisob-iqtisodiyot” fakultetlari negizida O‘zSSJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Moliya instituti tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi (o‘rtoq B.S. Xamidov) ushbu Farmonni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan tegishli qaror loyihasini tayyorlasin.
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 13-may,
PF-207-son