Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3548-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 141-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3548, 2024-yil 12-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3548/0604-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 29-noyabr,
302-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 302-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat korxonasini oʻzgartirishda (davlat tasarrufidan chiqarilganda)” degan soʻzlar “davlat mulkini xususiylashtirishga tayyorlashda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 57-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga (roʻyxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr)” degan soʻzlar “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga (roʻyxat raqami 3593, 2024-yil 27-dekabr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 60-bandning ikkinchi xatboshisidan “va davlat boji markalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 64-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar” hisobvaragʻining” degan soʻzlar “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar boʻyicha joriy (6000) hamda uzoq muddatli majburiyatlar (7000) hisobvaraqlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3548-1/1130-son)