02.07.2025 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Klonlangan, oʻgʻirlangan, yoʻqolgan va jinoyat faoliyati bilan bogʻliq mobil qurilmalar boʻyicha axborot almashinuvini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 18-iyunda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida telekommunikatsiya va pochta aloqasi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida umumiy ahamiyatga molik gʻoyalar, axborot, bilim va tajriba almashish Tomonlar uchun samaradorligini eʼtirof etgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klonlangan (nusxalangan) IMEI kodli hamda oʻgʻirlangan, yoʻqolgan va jinoyat faoliyati bilan bogʻliq mobil qurilmalar boʻyicha axborot almashish sohasida ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik samaradorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Hamkorlik maqsadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar klonlangan, oʻgʻirlangan, yoʻqolgan va jinoyat faoliyati bilan bogʻliq mobil qurilmalar IMEI kodlari (keyingi oʻrinlarda — Axborot) hamda Tomonlar tarafidan bir-birlariga taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan aniqlangan holatlar (keyingi oʻrinlarda — Faktlarga oid maʼlumotlar) boʻyicha muntazam ravishda oʻzaro axborot almashinuvini tashkil etadilar va amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Axborot almashinuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot va faktlarga oid maʼlumotlar Tomonlar axborot almashinuvining oʻzaro kelishilgan texnik shartlariga muvofiq elektron hujjatlar shaklida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot almashinuvi Tomonlarning tegishli vakolatli idoralari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni amalga oshirishda har bir Tomon oʻz davlatining qonunchiligiga muvofiq harakat qiladi. Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Tomonlar mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimining qora roʻyxatiga IMEI kodlarni kiritadi va ushbu qurilmalarga aloqa xizmatlarining koʻrsatilishini cheklaydi. Mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishni cheklash IMEI kodi qora sahifaga (roʻyxatga) kiritilgan mobil qurilmaga nisbatan har qanday telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emasligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar IMEI kodlarni qora sahifadan (roʻyxatdan) chiqarilishi boʻyicha oʻzaro axborot almashadilar va ushbu IMEI kodlarini mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimida qora roʻyxatdan chiqarilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Vakolatli idoralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni amalga oshirish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishni Tomonlarning quyidagi vakolatli idoralari amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozarbayjon Respublikasi Hukumati nomidan — Ozarbayjon Respublikasi Raqamli texnologiyalar va transport vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz vakolatli idoralarining rasmiy nomi oʻzgargan, ular qayta tashkil etilgan taqdirda, bir-birlarini diplomatik kanallar orqali darhol yozma ravishda xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Axborot va maʼlumotlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mobil qurilmalarning noqonuniy foydalanilishining oldini olish maqsadida nazoratni amalga oshirish hamda, zarur hollarda, ularni bloklash (jumladan, mobil qurilmaning tegishliligi aniqlangunga qadar vaqtincha bloklash) holatlariga oid axborot va faktlarga oid maʼlumotlardan foydalanishni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar axborot almashinuvi xavfsizligini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Axborot va maʼlumotlarni vakolatli idoralarga taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq boshqa Tomondan qabul qilingan axborot va faktlarga oid maʼlumotlarni oʻz davlatining vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim asosida bir Tomondan olingan axborot va faktlarga oid maʼlumotlarni uchinchi tomonga taqdim etish uchun bunday maʼlumotlarni taqdim etgan Tomonning oldindan yozma ravishda berilgan roziligi talab etiladi, mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan vakolatli organlarga maʼlumot taqdim etish holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitim doirasida qabul qilingan maʼlumotlarning maxfiyligini Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Texnik shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon axborot va faktlarga oid maʼlumotlarni oʻzaro kelishilgan axborot almashinuvining texnik shartlari asosida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Maʼlumot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon boshqa Tomonga oʻziga maʼlum boʻlgan faqat ishonchli, tekshirilgan va dolzarb axborot va faktlarga oid maʼlumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi. Tomonlar oʻzlari tarafidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun oʻz davlatlarining qonunchiligida belgilangan doirada javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Masʼul mansabdor shaxslar va tarkibiy boʻlinmalar roʻyxatini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar quyidagi yoʻnalishlarga masʼul mansabdor shaxslar va tarkibiy boʻlinmalar roʻyxati toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot almashinuvi boʻyicha texnik shartlar va axborotni himoya qilish talablarini ishlab chiqish hamda kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar tarkibi, tuzilmasi, formati hamda axborot va faktlarga oid maʼlumotlar almashinuvining reglamentini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni tartibga solish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Axborot va maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida maslahatlashuvlar oʻtkazadilar hamda axborot va faktlarga oid maʼlumotlar almashinuvi uchun zarur boʻlgan materiallar va loyiha hujjatlaridan tegishli maʼlumotlarni bir-birlariga begʻaraz tarzda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar axborot almashinuvi arxitekturasi va reglamentlarini tasdiqlash, shuningdek, uzatishdagi nosozliklar, mojarolar va maʼlumotlar sifati boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish uchun masʼul boʻlgan Qoʻshma texnik ishchi guruhni taʼsis etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Axborot xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar maʼlumotlarni uzatish, saqlash va shifrlashdan foydalanish jarayonida, jumladan, foydalanish imkoniyati va audit vositalarini nazorat qilishni inobatga olgan holda, axborot xavfsizligining yuqori darajasini taʼminlash majburiyatini oladilar. Har bir Tomon xalqaro eʼtirof etilgan eng ilgʻor standartlarga muvofiq, ruxsatsiz kirish, maʼlumotlarning sizib chiqishi va kiberhujumlardan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni joriy etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, mazkur Bitimga uning ajralmas qismi boʻlgan va mazkur Bitimning 14-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllash bilan bogʻliq barcha nizolar maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim uning kuchga kirishi zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari Tomonlar tarafidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim 5 (besh) yil muddatga tuziladi va Tomonlardan biri boshqa Tomonni mazkur Bitimning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida uning amal qilish muddati tugashidan kamida 6 (olti) oy oldin yozma ravishda diplomatik kanallar orqali xabardor qilmasa, Bitimning amal qilish muddati avtomatik ravishda navbatdagi besh yillik muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon istalgan vaqtda mazkur Bitimning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborib, mazkur Bitimning amal qilishini tugatishi mumkin. Mazkur Bitimning amal qilishi boshqa Tomonning bunday xabarnomasini qabul qilgan sanadan boshlab 6 (olti) oy oʻtgandan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boku shahrida, 2025-yil 2-iyulda, ikki asl nusxada, oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.

(imzolar)