Norasmiy tarjima
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI, TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI VA TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTINI TASHKIL QILISH TOʻGʻRISIDA
Respublikada oliy texnik taʼlim darajasini oshirish, muhandislik va ilmiy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida:
1. Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti negizida:
Toshkent davlat texnika universiteti;
Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmon ijrosini tashkiliy taʼminlash yuzasidan tegishli qaror tayyorlasin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 6-may,
PF-203-son