Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar urugʻligini yetishtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 1-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1820-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2025-yil 18-martdagi 166-son “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi sohasida “E-urugʻ” axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2008-yil 21-maydagi 89-son “Ozuqabop ekinlar urugʻchiligiga ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar urugʻligini yetishtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1820, 2008-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 229-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-noyabr
41-son
Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi A. XAITOV
2025-yil 18-noyabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2025-y., 10/25/1820-1/1121-son)