Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Xalqaro metrik Konvensiyaga (Parij, 1875-yil 20-may, 1907-yil 17-oktabrdagi, 1913-yil 11-oktabrdagi va 1921-yil 6-oktabrdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 24-iyun kuni qabul qilingan “Xalqaro metrik Konvensiyaga (Parij, 1875-yil 20-may, 1907-yil 17-oktabrdagi, 1913-yil 11-oktabrdagi va 1921-yil 6-oktabrdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Xalqaro metrik Konvensiyaga (Parij, 1875-yil 20-may, 1907-yil 17-oktabrdagi, 1913-yil 11-oktabrdagi va 1921-yil 6-oktabrdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 2-avgust,
SQ-162-V-son