Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
1995 YIL HOSILIDAN OLINGAN PAXTA VA BOShOQLI DON EKINLARINING XARID NARXLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Paxta va boshoqli don ekinlari yetishtirish hamda sotishni koʻpaytirish, qishloq xoʻjaligi korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995-yil hosilidan olingan paxta va boshoqli don ekinlarining xarid narxlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha soʻmga qayta hisoblagan holda jahon narxlari darajasining 50 foiz miqdorida (sotish xarajatlari chiqarib tashlangan holda) belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasini iqtisodiy ragʻbatlantirish va erkinlik berish toʻgʻrisida” 1994-yil 22-avgustdagi PF-937-son Farmonining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 7-fevral,
PF-1081-son