26.11.2025 yildagi 744-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlashda yer turi va tuproq bonitet balli hamda bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblash tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlaridagi ekin yerlari, bogʻ, tokzor va boshqa koʻp yillik daraxtlar hamda ushbu yerlarga ekilgan qishloq xoʻjaligi ekin turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)da shakllantirish va yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agroportaldagi maʼlumotlar Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari normativ qiymatini (keyingi oʻrinlarda — normativ qiymat) aniqlashda asos qilib olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ qiymat Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzdaverloyiha” DILI) tomonidan aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ qiymat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Oʻzdaverloyiha” DILI tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga taqdim qilinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agroportalga qishloq hoʻjaligi yerlaridagi ekin yerlari, bogʻ, tokzor va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar hamda ushbu yerlarga ekilgan qishloq xoʻjaligi ekin turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tumanlar (Quvasoy shahri) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari hamda “Oʻzdaverloyiha” DILI va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agroportalga kiritilgan maʼlumotlar asosida Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari normativ qiymati “Oʻzdaverloyiha” DILI va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq solinadigan baza toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori 2025-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
744-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-noyabrdagi 744-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlari normativ qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir tovar ishlab chiqaruvchisining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlari normativ qiymati qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻini hisoblab chiqish va yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion savdo orqali realizatsiya qilish, yer uchastkasini ijaraga olish huquqining boshlangʻich narxini aniqlash hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom talablari jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan yer uchastkalarining, shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari normativ qiymatini aniqlashga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari — maʼmuriy mintaqada kichik maydonlarni egallagan qishloq xoʻjaligi ekinlari (paxta, bugʻdoy, sholi, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, kartoshka, koʻp yillik mevali daraxtlar, yem-xashakbop ildizmevali oʻsimliklar, bir yillik oʻtlar, beda, makkajoʻxori, tamaki);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imoratlar va inshootlar — qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat koʻrsatish va xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan imoratlar, inshootlar, omborlar, dala shiyponlari va maydonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ qiymatni aniqlash davri — Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi qamrab olingan holda yagona koʻrsatkichlar boʻyicha yerlarni baholash ishlari oʻtkaziladigan davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rentabellik — foydaning sarflangan xarajatlarga nisbatan foizda ifodalangan koʻrsatkichi, biznesning foyda keltirish darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan mintaqa — qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari shu yerlarni sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq bonitirovkasi — qishloq xoʻjaligi ekinlarining tuproq sifatini oʻrtacha agrotexnika darajasida va tabiiy yetishtirish unumdorligini 100 balli shkala boʻyicha qiyosiy baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda — biznes yoki loyihaning sarf-xarajatlaridan ortgan, uning daromadidan ortiqcha boʻlgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrtacha bonitet balli — tuproq turlicha bonitet ballariga ega boʻlgan hollarda normativ qiymatni aniqlash obyektining, ularning har birining maydoni hisobga olingan holda, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari bilan band boʻlgan hududga nisbatan hisoblab chiqariladigan koʻrsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining sifati — tuprogʻining unumdorligi (bonitet balli), tabiiy yem-xashak ekin maydonlarining (yaylov turlari) sifati holati boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari xususiyatining integral ifodasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymati — normativ koʻrsatkichlardan foydalangan holda aniqlanadigan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari — qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish natijasida olinadigan mahsulot (paxta, bugʻdoy, sholi, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, kartoshka, mevalar, uzum, tamaki);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — muntazam ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yoki chorva uchun tabiiy yem-xashak manbai sifatida foydalaniladigan yerlar, ularning tarkibiga sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan ekin yerlari, koʻp yillik daraxtlar (bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar, mevazorlar, rezavorzorlar va boshqa mevali daraxtlar), boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi — qishloq xoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar, shuningdek, dehqon xoʻjaliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining normativ qiymatiga (keyingi oʻrinlarda — normativ qiymat) yer bilan bevosita bogʻliq boʻlgan obyektlar (sugʻorish va kollektor-drenaj tarmogʻi, yoʻllar) qiymati kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Normativ qiymat normativ koʻrsatkichlarni, yer kadastri, ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari va tuproq bonitet balli maʼlumotlarini hisobga olgan holda foyda, rentabellik asosidagi daromadli yondashuvdan foydalanib aniqlanadi. Normativ qiymatni aniqlash natijalari davlat yer kadastriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlari normativ qiymatni aniqlash obyekti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Normativ qiymat miqdorini aniqlash ushbu Nizom bilan tartibga solinadigan ishlarning predmeti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Normativ qiymat har yili normativ qiymatni aniqlash davrida aniqlanadi. Normativ qiymatni aniqlash davrlari oraligʻida normativ qiymatni aniqlash hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymati ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Normativ qiymatni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Normativ qiymatni aniqlashning umumiy masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Normativ qiymat Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzdaverloyiha” DILI) tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Normativ qiymat ishlab chiqarish resursi sifatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning sifatini hisobga olgan holda, har bir qishloq xoʻjaligi yer uchastkalari va yerdan foydalanuvchilar boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan bir gektar yerning normativ qiymatini aniqlashda quyidagi koʻrsatkichlardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining qishloq xoʻjaligi yer turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproqning sifatini baholash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari, koʻp yillik daraxtlar va yem-xashakbop ekin maydonlarining normativ hosildorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda rentabelligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini ijaraga olish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy koeffitsiyent;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosil nobud boʻlishini hisobga olish koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekin turlarining normativ hosildorlik koeffitsiyenti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Normativ qiymatni aniqlashda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning konturlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining intensivligi, tuproqning sifati, ekin maydonlari tuzilmasi va sugʻorish uchun suv chiqarish usuli (oqar suv yoki mashina usuli) hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini hisoblab chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sugʻoriladigan ekin yerlarining normativ qiymatini aniqlashda har bir konturdagi tuproqning unumdorligi (bonitet balli) aniqlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ qiymatni aniqlashda — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning bonitet balli bir bonitet balli hosildorligidan kelib chiqib, bir bonitet balli narxi hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlarining normativ hosildorligi tuproqlar oʻrtacha bonitet balli bilan qishloq xoʻjaligi ekinlari, bogʻlar va tokzorlarning tuproq bonitetining bir bonitet balliga mos normativ hosildorlikning yigʻindisi sifatida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligi ekinlari normativ hosildorligi va ularni sotishdan olinadigan daromadi bir bonitet balli uchun normativ qiymatni aniqlash davridagi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning zarur irrigatsiya-melioratsiya infratuzilmasi bilan taʼminlangani aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sugʻoriladigan bir gektar yerning normativ qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SN = BB x BHM x FR x MK x SK x HN x NH x IM, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SN — sugʻoriladigan ekin yerlarining normativ qiymati, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BB — yerlarning bonitet balli (0-100 gacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BHM — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi, ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FR — bir yilda olinadigan foyda, rentabellik darajasi (10 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MK — mintaqaviy koeffitsiyent;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SK — suv bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HN — hosil nobud boʻlishini hisobga olish koeffitsiyenti, agar kimyoviy moddalarni qoʻllash taqiqlangan muhofaza mintaqalarida qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari joylashtirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NH — ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari (bogʻ, tokzor va boshqa koʻp yillik daraxtlar)ning normativ hosildorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IM — yer uchastkasining ijaraga olingan muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekilgan qishloq xoʻjaligi ekin turi hamda mavjud bogʻ, tokzor va boshqa koʻp yillik daraxtlar shu yildan oldingi yilda tumanlar (Quvasoy shahri) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari hamda “Oʻzdaverloyiha” DILI va uning hududiy boʻlinmalarining monitoring maʼlumotlariga koʻra, “Oʻzdaverloyiha” DILI va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi tarkibiga kiruvchi “Normativ qiymat” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xoʻjalik yuritish darajasi va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi intensivligi hisobga olinadigan mintaqaviy koeffitsiyent ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tovar ishlab chiqaruvchining mablagʻlari hisobidan sugʻorish uchun xoʻjalik ichki sugʻorish tizimiga suv chiqarish usuli (oqar suv yoki mashina usuli) hisobga olingan koeffitsiyent respublika boʻyicha yagona ifodada barcha sugʻorish maydonlari boʻyicha oqar suv bilan sugʻorish ulushiga bogʻliq tarzda ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kimyoviy moddalarni qoʻllash taqiqlangan muhofaza mintaqalarida qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari joylashtirilgan taqdirda, hosil nobud boʻlishi va tegishli ravishda qimmatlilik yoʻqotilishi hisobga olinadigan koeffitsiyent ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda majburiyatlar bilan cheklangan yer uchastkasidagi qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining bonitet balli va ulushiga qarab respublika boʻyicha yagona ifodada qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bir gektar bogʻ va tokzorning normativ qiymati ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tartibda sugʻoriladigan ekin yerlarining normativ qiymatini aniqlash tartibida aniqlanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarning normativ qiymati qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining sugʻoriladigan ekin yerlari normativ qiymati boʻyicha 0,4 koeffitsiyentni qoʻllash orqali aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisida sugʻoriladigan ekin yeri boʻlmagan hollarda, sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarning normativ qiymati tuman (Quvasoy shahri) sugʻoriladigan ekin yerlari boʻyicha asosiy ekin maydonlari tuzilmasidan foydalangan holda shartli ravishda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoatlashgan bogʻ va tokzorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari kesimida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sugʻoriladigan bir gektar tashlandiq (boʻz) yerlarning normativ qiymati 0,1 koeffitsiyent qoʻllangan holda sugʻoriladigan ekin yerlarining qiymati boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisida sugʻoriladigan ekin yeri boʻlmagan taqdirda, sugʻoriladigan tashlandiq (boʻz) yerlarning normativ qiymati tuman (Quvasoy shahri) sugʻoriladigan ekin yerlari oʻrtacha asosiy ekin maydonlari tuzilmasidan foydalangan holda shartli ravishda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mevali daraxt koʻchatzorlari, tutzorlarning va boshqa sugʻoriladigan koʻp yillik daraxtlar ekilgan yerlarning normativ qiymati qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining sugʻoriladigan ekin yerlari normativ qiymati boʻyicha 0,4 koeffitsiyent qoʻllash orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisida sugʻoriladigan ekin yeri boʻlmagan hollarda, bunday yerlarning normativ qiymati tuman (Quvasoy shahri) sugʻoriladigan ekin yerlari boʻyicha asosiy ekin maydonlari tuzilmasidan foydalangan holda shartli ravishda hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Pichanzorlar va yaylovlarning normativ qiymati ularning balandlik mintaqalarida joylashganidan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choʻl mintaqasidagi pichanzor va yaylovlar uchun qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining sugʻoriladigan ekin yerlari normativ qiymatiga 0,01 koeffitsiyentni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
togʻoldi va togʻ mintaqasidagi pichanzor va yaylovlar uchun qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining sugʻoriladigan ekin yerlari normativ qiymati boʻyicha 0,04 koeffitsiyentni qoʻllash orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisida sugʻoriladigan ekin yeri boʻlmagan hollarda, choʻl mintaqasidagi, togʻoldi va togʻ mintaqasidagi pichanzor va yaylovlarning normativ qiymati tuman (Quvasoy shahri) sugʻoriladigan ekin yerlari boʻyicha asosiy ekin maydonlari tuzilmasidan foydalangan holda shartli ravishda hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Issiqxonalar boʻyicha bir gektar yerning normativ qiymati sugʻoriladigan ekin yerlari normativ qiymatini aniqlash tartibida tuman (Quvasoy shahri) boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich asosida 2,2 koeffitsiyentni qoʻllash orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Qishloq xoʻjaligi lalmi ekin maydonlarining normativ qiymatini hisoblab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bir gektar lalmi ekin yerining normativ hosildorligi, normativ unumdorligi, hisoblab chiqilgan miqdori va normativ qiymati ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq aniqlanadi. Bunda xoʻjalik ichki sugʻorish tizimiga suv chiqarish usuli hisobga olingan holda koeffitsiyent normativ qiymatni aniqlashda qoʻllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Koʻp yillik lalmi daraxtlar lalmi ekin yeri sifatida, lalmi tashlandiq (boʻz) yerlar esa lalmi ekin yerlari sifatida 0,1 koeffitsiyentni qoʻllagan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchisida lalmi ekin yerlari boʻlmagan hollarda, uning normativ qiymati shartli ravishda tuman (Quvasoy shahri) lalmi ekin yerlari boʻyicha oʻrtacha ekin maydonlari tuzilmasidan foydalangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Baliqchilik hovuzlari, imoratlar va inshootlar bilan band boʻlgan yerlarning, shuningdek, jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlarida va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yerlarning normativ qiymatini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Baliqchilik hovuzlari, imoratlar va inshootlar bilan band boʻlgan yerlarning normativ qiymati faqat belgilangan mezonlarga muvofiq yer soligʻining toʻlovchilari hisoblangan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchilik hovuzlari bilan band boʻlgan yerlarning normativ qiymati tuman (Quvasoy shahri) boʻyicha sugʻoriladigan ekin yerlarining oʻrtacha normativ qiymati boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imoratlar va inshootlar bilan band boʻlgan yerlarning normativ qiymati joylashgan mintaqasi va ixtisoslashuviga qarab, asosiy qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining normativ qiymati boʻyicha 2,0 koeffitsiyentni qoʻllagan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaliklarning ixtisoslashuvi hisobga olingan holda asosiy qishloq xoʻjaligi yer maydonlari deganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlardagi paxtachilik-gʻallachilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, sholichilik, tamakichilik va chorvachilik xoʻjaliklari uchun — sugʻoriladigan ekin yerlari (sugʻoriladigan mintaqa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlardagi bogʻdorchilik-uzumchilik xoʻjaliklari uchun — sugʻoriladigan bogʻlar, bogʻlar boʻlmasa, tokzorlar yoki boshqa koʻp yillik daraxtlar bilan band boʻlgan yerlar (sugʻoriladigan mintaqa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lalmi yerlardagi bogʻdorchilik-uzumchilik xoʻjaliklari uchun — lalmi bogʻlar, bogʻlar boʻlmasa, tokzorlar yoki boshqa koʻp yillik daraxtlar bilan band boʻlgan yerlar (lalmi-yaylov mintaqasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaylovlardagi qorakoʻlchilik va chorvachilik xoʻjaliklari uchun — yaylovlar (lalmi-yaylov mintaqasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lalmi yerlardagi gʻallachilik va chorvachilik xoʻjaliklari uchun — lalmi ekin yerlari (lalmi-yaylov mintaqasi) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisida qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari boʻlmagan taqdirda, imoratlar va inshootlar bilan band boʻlgan yerlarning normativ qiymati (sugʻoriladigan yoki lalmi-haydov) asosiy qishloq xoʻjaligi yer maydonlari joylashgan mintaqada oʻrtacha tuman (Quvasoy shahri) normativ qiymati boʻyicha 2,0 koeffitsiyentni qoʻllagan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi va dehqon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlarning normativ qiymati mos ravishda tuman (Quvasoy shahri) sugʻoriladigan yoki sugʻorilmaydigan yerlarining oʻrtacha normativ qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Normativ qiymatni aniqlash izchilligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Normativ qiymatni aniqlash izchilligining umumiy masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligi yer maydonlari normativ qiymatni hisoblab chiqishning bevosita birlamchi obyektlari sanaladi. Yuridik shaxsning foydalanishidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlari normativ qiymatni aniqlash obyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Normativ qiymatni aniqlash obyektlari alohida maʼmuriy-hududiy birliklar (massivlar) chegaralarida guruhlarga boʻlinadi, ular boʻyicha kartografiya materiallari nashr etiladi hamda ularda tuproqqa oid va geobotanik tadqiqotlar natijalari aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ qiymatni aniqlash birlamchi obyektlarining dastlabki yer-hisobga olish va natijali yer-baholash axborotlari maʼmuriy-hududiy birliklar boʻyicha umumlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Normativ qiymatni aniqlashga aloqador barcha hisob-kitoblar texnologik sxema boʻyicha ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining roʻyxatini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining roʻyxati va tuman (Quvasoy shahri)ning maʼmuriy chegarasi doirasida qishloq xoʻjaligi yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar normativ qiymatni aniqlash davri oʻtkaziladigan yilning 1-yanvar holatiga yer fondi maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotda har bir qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi boʻyicha uning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), qishloq xoʻjaligi yer maydonlari tafsilotlari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi yerining kadastr raqami, kontur raqami, umumiy maydoni va boshqalari aks ettiriladi, sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan ekin maydonlari alohida ajratib koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻp yillik daraxtlar maydonlari ularning turlari (bogʻlar, tokzorlar va boshqa daraxtlar) boʻyicha keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining yer maydonlari konturlari boʻyicha geografik joylashuvi yirik masshtabli chizmalarda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan yuritilayotgan yer hisobotida qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari roʻyxati boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning kontur raqami, yer turi, oʻlchami va ularning hududiy joylashtirish chegaralari sxemasi (xaritasi) maʼlumotlari “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Oʻzdaverloyiha” DILI va uning hududiy boʻlinmalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Maʼlumotlar bazasini tayyorlash hamda qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari tuproq oʻrtacha bonitet ballini hisoblab chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sugʻoriladigan va lalmi qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining oʻrtacha bonitet balli tuproqni bonitirovka qilish materiallaridan foydalangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuproq bonitirovka ishlari amalga oshirilmagan yerlarda bonitet balli mos ravishda hudud (massiv)ning sugʻoriladigan yoki lalmi yerlarining oʻrtacha bonitet ballidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Pichanzor va yaylovlarning mintaqalari, tiplari va ularning oziqaboplik qimmati geobotanik xaritalardan foydalangan holda aniqlanadi. Tuman (Quvasoy shahri) maʼmuriy chegarasi doirasida pichanzor va yaylovlarning bir necha tiplari mavjud boʻlganda, bugʻdoyning ekvivalent hosildorligiga qayta hisoblab chiqilgan oziqa birliklarida (oziq qiymati) ifodalangan ularning oʻrtacha mahsuldorligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Normativ qiymatni aniqlash natijalarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmalari tomonidan tuman (Quvasoy shahri) maʼmuriy chegarasi doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning har bir qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi va konturlari boʻyicha qishloq xoʻjaligi yer maydonlari normativ qiymatini aniqlash natijalari hisoboti quyidagi tarkibda tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari boʻyicha qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining normativ qiymati va tuman (Quvasoy shahri)ning oʻrtacha normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha hisobotlar tushuntirish xatidan, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining STIR (JSHSHIR) va yer turlari boʻyicha normativ qiymat va maʼmuriy-hududiy birlikning oʻrtacha normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (Quvasoy shahri) boʻyicha hisobotlar yer-kadastr axboroti sifatida har bir qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining normativ qiymati “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Soliq qoʻmitasiga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha hisobotlar ishlarni bajarish uchun berilgan topshiriqda belgilangan hajmlar va nusxalarda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotlarning bir nusxasi dastlabki axborotning asl materiallari bilan birgalikda tashkilotning — ishlarni bajaruvchining arxivida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Har bir qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi boʻyicha ushbu Nizomga 7-ilovadagi shaklga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari va boshqa baholangan yerlarning normativ qiymati toʻgʻrisida maʼlumotnoma tuziladi. Maʼlumotnoma qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga topshirish uchun “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Soliq qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Normativ qiymatning hisob-kitobi natijalari ming soʻmgacha boʻlgan aniqlikda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Normativ qiymatni aniqlash boʻyicha materiallarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Normativ qiymatni aniqlash boʻyicha materiallarga normativ qiymatni aniqlash davrlari oʻrtasidagi davrda yangi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tashkil etilgan, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining chegaralari va maydonlari yoki amaldagi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining ekin maydonlari bonitet balli oʻzgargan hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yangidan tashkil etilgan va oʻzgartirishlar kiritilgan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligi yer maydonlari boʻyicha maʼlumotlar belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin normativ qiymatni aniqlash materiallariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ishlari har yili bir marta, yil boshida normativ qiymatni aniqlash davrini oʻtkazish tartibida va izchillikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ushbu Nizomga muvofiq bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlar ushbu Nizomning 35 — 37-bandlarida nazarda tutilgan tartibda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Soliq qoʻmitasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi ustidan nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining normativ qiymatini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahri) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari,

“Oʻzdaverloyiha” DILI va uning hududiy boʻlinmalari

Ekilgan qishloq xoʻjaligi ekin turi hamda mavjud bogʻ, tokzor va boshqa koʻp yillik daraxtlar boʻyicha tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlarining monitoring maʼlumotlarini “Agroplatforma” AT platformasiga kiritib boradi.

Doimiy ravishda, yil davomida

2-bosqich

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning bonitet balli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi

Har yili 1-noyabrga qadar

3-bosqich

“Oʻzdaverloyiha” DILI va uning hududiy boʻlinmalari

1. Har bir qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisi boʻyicha qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining normativ qiymatini aniqlaydi.

2. Yangi tashkil etilgan, yer maydonlari chegaralari va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining ekin maydonlari bonitet balli oʻzgargan hollarda normativ qiymat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritib boradi.

Doimiy ravishda, yil davomida, har oy yakunida

4-bosqich

Oʻzdaverloyiha” DILI va uning hududiy boʻlinmalari

Qishloq xoʻjaligi yer maydonlari normativ qiymatini aniqlash natijalarini Soliq qoʻmitasiga taqdim qilib boradi.

Har yili yanvar, aprel va iyun oylari birinchi oʻn kunligida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari, bogʻlar va tokzorlarning tuproqlari bir bonitet balliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qishloq xoʻjaligi ekinlari va koʻp yillik daraxtlar

Tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi,

s/ga

Sugʻoriladigan yerlarda

Gʻoʻza

0,4

Boshoqli don ekinlari

0,6

Tamaki

0,45

Sholi

0,7

Bir yillik oʻtlar (yashil yem-xashak)

3,0

Sabzavotlar

3,0

Poliz mahsulotlari

2,7

Oʻtgan yillardagi beda

2,0

Don uchun makkajoʻxori

0,75

Yem-xashakbop ildizmevali oʻsimliklar

9,0

Kartoshka

2,0

Bogʻlar (oʻrta hisobda)

0,6

Tokzorlar (oʻrta hisobda)

0,8

Lalmi yerlarda

Kuzgi bugʻdoy

0,25

Kuzgi arpa

0,20

Bahorgi noʻxat

0,12

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yuritish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi intensivligi darajasi hisobga olingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MINTAQAVIY KOEFFITSIYENTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Maʼmuriy-hududiy tuzilmalar va mintaqalar

Mintaqaviy koeffitsiyentlar

(K1)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

0,7

Janubiy mintaqa (Amudaryo, Beruniy, Ellikqalʼa va Toʻrtkoʻl tumanlari)

0,7

Markaziy mintaqa (Nukus, Xoʻjayli, Shumanay, Kegeyli, Chimboy, Boʻzatov, Qonlikoʻl tumanlari, Nukus shahri)

0,6

Shimoliy mintaqa (Taxtakoʻpir, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Moʻynoq tumanlari)

0,5

Andijon viloyati

1,2

Viloyatning Boʻston va Ulugʻnor tumanlarini istisno etgan holda butun hududi

1,2

Markaziy Fargʻona mintaqasi (Boʻston va Ulugʻnor tumanlari)

1,0

Buxoro viloyati

1,0

Sugʻoriladigan mintaqa (sugʻoriladigan mintaqaning barcha tumanlari xoʻjaliklari)

1,0

Yaylov mintaqasi (barcha tumanlarning qoʻychilik xoʻjaliklari)

0,8

Jizzax viloyati

0,8

Sharof Rashidov tumani, Jizzax shahri

0,9

Choʻl mintaqasi (Arnasoy, Doʻstlik, Zarbdor, Zafarobod, Mirzachoʻl, Paxtakor tumanlari)

0,8

Togʻoldi-yaylov mintaqasi (Baxmal, Gʻallaorol, Forish, Zomin, Yangiobod tumanlari)

0,6

Qashqadaryo viloyati

0,8

Togʻoldi mintaqasi (Kitob, Koʻkdala, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Qamashi, Chiroqchi tumanlari, Shahrisabz shahri)

0,8

Choʻl mintaqasi (Qarshi, Nishon, Mirishkor, Kasbi, Koson, Muborak tumanlari, Qarshi shahri)

0,7

Dehqonobod tumani

0,6

Navoiy viloyati

0,8

Sugʻoriladigan mintaqa (Navoiy shahri, Qiziltepa, Navbahor, Xatirchi, Karmana tumanlari va Konimex tumanining sugʻoriladigan mintaqasi)

0,8

Lalmi-yaylov mintaqasi (Nurota, Tomdi, Uchquduq tumanlari va sugʻoriladigan mintaqasiz Konimex tumani)

0,6

Namangan viloyati

1,1

Viloyatning barcha tumanlari, Namangan shahri

1,1

Samarqand viloyati

1,2

Sugʻoriladigan mintaqa (Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut tumanlari, Samarqand shahri)

1,2

Lalmi-yaylov mintaqasi (Nurobod, Qoʻshrabot tumanlari)

0,9

Surxondaryo viloyati

1,2

Surxondaryo vohasi (Sariosiyo, Uzun, Denov, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Jarqoʻrgʻon, Angor, Termiz, Oltinsoy tumanlari, Termiz shahri)

1,2

Choʻl mintaqasi (Qiziriq, Bandixon, Muzrabot, Sherobod tumanlari)

1,1

Boysun tumani

0,8

Sirdaryo viloyati

0,8

Shimoliy choʻl mintaqasi (Boyovut, Xovos, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo tumanlari, Guliston shahri va Yangiyer shahri)

0,8

Markaziy choʻl mintaqasi (Oqoltin, Mirzaobod, Sardoba tumanlari)

0,6

Toshkent viloyati

1,2

Viloyatning butun hududi, Boʻstonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari bundan mustasno

1,2

Chimyon-Ohangaron mintaqasi (Boʻstonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari)

0,9

Fargʻona viloyati

1,1

Birinchi mintaqa (viloyatning butun hududi, Yozyovon va Soʻx tumanlari bundan mustasno)

1,1

Ikkinchi mintaqa (Yozyovon va Soʻx tumanlari)

1,0

Xorazm viloyati

1,0

Viloyatning butun hududi, Tuproqqalʼa tumani bundan mustasno

1,0

Tuproqqalʼa tumani

0,8

Toshkent shahri

1,2

Toshkent shahrining butun hududi

1,2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻorish uchun suv chiqarish usuli hisobga olinadigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOEFFITSIYENTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oqar suv ulushi, foiz

Koeffitsiyent (K2)

0 — 9

0,883

10 — 19

0,893

20 — 29

0,904

30 — 39

0,915

40 — 49

0,926

50 — 59

0,938

60 — 69

0,950

70 — 79

0,962

80 — 89

0,974

90 — 99

0,987

0 — 9

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hosil nobud boʻlishini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOEFFITSIYENTLARI (K3)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tuproq bonitet balli

Zaharli kimyoviy dorilarni qoʻllash cheklangan hududlar ulushi, foiz

1 — 10

11 — 20

21 — 30

31 — 40

41 — 50

51 — 60

61 — 70

71 — 80

81 — 90

91 — 100

31 — 40

0,948

0,895

0,843

0,790

0,738

0,685

0,633

0,580

0,528

0,475

41 — 50

0,959

0,918

0,878

0,837

0,796

0,755

0,714

0,674

0,633

0,592

51 — 60

0,967

0,933

0,900

0,866

0,833

0,800

0,766

0,733

0,699

0,666

61 — 70

0,972

0,943

0,915

0,887

0,859

0,830

0,802

0,774

0,745

0,717

71 — 80

0,976

0,951

0,927

0,902

0,878

0,853

0,829

0,804

0,780

0,755

81 — 90

0,978

0,957

0,935

0,914

0,892

0,870

0,849

0,827

0,806

0,784

91 — 100

0,981

0,961

0,949

0,923

0,904

0,884

0,865

0,846

0,826

0,807

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNOLOGIK SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tayyorgarlik ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Ishlar mazmuni va dasturini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining hamda normativ qiymatni aniqlash obyektlarining roʻyxatini va joylashish chizmasini tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Normativ qiymati aniqlanadigan obyektlar boʻyicha “Agroplatforma” AT platformasiga qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilishi yuzasidan kiritilgan maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlashda dastlabki va qiymat koʻrsatkichlarining avtomatlashtirilgan hisob-kitobi dasturini oʻrganish hamda oʻzlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuproq unumdorligi, sugʻorish uchun suv berish usuli boʻyicha birlamchi maʼlumotlar bazasini tayyorlash va normativ qiymatini aniqlash obyektlari koʻrsatkichlarining hisob-kitobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Normativ qiymatni aniqlash obyekti tuproq unumdorligining oʻrtacha koʻrsatkichini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari boʻyicha mahsulot yetishtirishdan foizlarda hisoblab chiqilgan foydani aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Sugʻorishning ichki tizimida sugʻorish uchun suv berish usuli koʻrsatkichini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Zaharli kimyoviy dorilarni qoʻllash cheklangan maydonlarni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatining avtomatlashtirilgan hisob-kitobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Birlamchi koʻrsatkichlarni kompyuter dasturiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymati: ekin turlari, bonitet balli, normativ hosildorlik, hisoblangan foyda, ijara muddati va normativ qiymat koʻrsatkichlari hisob-kitobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash materiallarini rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligi yer maydonlari normativ qiymatini aniqlashning hisob-kitob (jadval) va matnli qismini rasmiylashtirish hamda maʼmuriy tumanlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash materiallarini umumlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash materiallarining jadvalli qismini rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Maʼlumotnomalarni tayyorlash va Soliq qoʻmitasiga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 09/25/744/1101-son)