Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
BUYRUgʻi
MEʼYORIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarish natijasi boʻyicha 2000-yil 23-oktabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 15-dekabrda 292-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Qum va shagʻal konlariga zaxiralarni qoʻllash boʻyicha Vaqtinchalik yoʻriqnoma” davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi mazkur hujjatni davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslarga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (M.M.Ikromov) ushbu hujjat davlat reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot ommaviy axborot vositalarida chop etilishi hamda manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi X.M.Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Vazir A.A. POLVON-ZODA
Toshkent sh.,
2000-yil 23-oktabr,
133-mh-son