Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
IChKI BOZORNI DORI-DARMONLAR VA TIBBIYOT BUYuMLARI BILAN TOʻLDIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Dori-darmonlar, vaksinalar hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni va respublikaga olib kelishni koʻpaytirishda “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksionerlik konserni va dorixona muassasalari faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Shu yilning 15-noyabridan boshlab 1996-yilning 1-yanvariga qadar “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksionerlik konserni, shuningdek mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, dorixona muassasalari:
dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari xarid qilish uchun respublikadan tashqariga olib chiqib ketiladigan mahsulot uchun uni olib chiqib ketish soligʻi va boj toʻlashdan;
xorijiy valyutadagi savdo-sotiq ishlaridan olingan valyuta daromadining bir qismini majburiy sotishdan ozod qilinsin.
2. Daromad /yalpi daromad/ soligʻi boʻyicha budjetga beriladigan badal hisobiga kiruvchi mablagʻning 50 foizi mazkur davr mobaynida “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksionerlik konserni va dorixona muassasalari ixtiyorida qoldirilib, u oʻzlarining aylanma mablagʻlarini koʻpaytirishga sarflansin.
3. Pul-kredit siyosati bilan shugʻullanuvchi komissiya “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksionerlik konserni hamda “Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasiga dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini sotib olish uchun aniq maqsadga qaratilgan kreditlar ajratib berishni koʻzda tutsin, foizlar boʻyicha toʻlanadigan xarajatlarning bir qismi davlat budjeti hisobidan qoplansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 8-noyabr,
985-son