Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish uchun tanlovlar oʻtkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 21-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3089-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 20-oktabrdagi 286-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3089, 2018-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 10/18/3089/2222-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab internatiga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish uchun tanlovlar oʻtkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-noyabr,
652-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 15-noyabrdagi 652-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish uchun tanlovlar oʻtkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandning birinchi xatboshisi va 36-banddagi “kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻi” degan soʻzlar “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 6-banddagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 7-banddagi “Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi (boʻlimi)” va “Oʻz xavfsizligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati” va “Shaxsiy xavfsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Farzandlari maktab-internatga oʻqishga kirish istagida boʻlgan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar hamda xodimlar mazkur Nizomning 10-bandidagi ariza yoki bildirgi bilan birga nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar anketasini hamda elektron shaklda nomzodning rangli fotosuratini taqdim etadi.
Nomzodning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Bunda, ishchi guruh tomonidan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlar tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olish orqali aniqlanadi.”.
5. 15-bandning uchinchi xatboshisidagi “ichki ishlar boshqarmalarining kadrlar bilan ishlash boshqarmasi (boʻlimi)” degan soʻzlar “ichki ishlar boshqarmalari Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 37-banddagi “Kadrlar bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3089-2/1085-son)