1-ILOVA
T/r | Tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Moliyalashtirish manbai | Masʼul ijrochilar |
I. Davlat arxivlarining raqamli infratuzilmasini takomillashtirish, axborot tizimlarini joriy etish, ulardan foydalanish | |||||
1. | Arxiv xizmatlarini raqamlashtirishda qoʻllaniladigan amaldagi arxiv axborot tizimlari negizida Yagona milliy arxiv axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Arxiv axborot tizimi) joriy etish. Bunda: “Oʻzarxiv” agentligini Arxiv axborot tizimining mulkdori, Adliya vazirligi huzuridagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazini operator etib belgilash. Arxiv axborot tizimiga texnik xizmat koʻrsatish, uni yanada takomillashtirish, shuningdek, uning uzluksiz va xavfsiz ishlashini taʼminlashni operator tomonidan amalga oshirish. | 1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish. | 2025-yil noyabr | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Loyihaning texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | 2026-yil mart | ||||
3. Axborot tizimini elektron hukumat markazi va boshqa vazirlik hamda idoralarning axborot tizimlari va bazalari bilan integratsiya qilish. | 2026-yil iyun | ||||
4. Axborot tizimini vazirlik va idoralarda joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2026-yil iyul | ||||
5. Vazirlik va idoralarda yangi tizimdan foydalanish tartibi toʻgʻrisida targʻibot ishlarini tashkil etish. | 2026-yil avgust | ||||
2. | Davlat arxivlarda saqlanayotgan alohida qimmatli va noyob hujjatlar harakatini avtomatlashtirish, ularning aniq hisobini yuritish va xavfsizligini taʼminlash ishlariga RFID (radiochastotali identifikatsiya) texnologiyasini joriy etish. | 1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish. | 2025-yil dekabr | Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
2. Oʻzbekiston milliy arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlashda RFID texnologiyasini majburiy qoʻllash. | 2026-yil may | ||||
3. Arxiv hujjatlariga unikal identifikatsiya raqamini berish va ularni Arxiv axborot tizimi bilan integratsiya qilish. | 2026-yil iyul | ||||
4. Tajriba natijasi asosida bosqichma-bosqich viloyat va markaziy davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlashda RFID texnologiyasini qoʻllash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2027-yil fevral | ||||
3. | Davlat arxivlarining funksiyalarini raqamlashtirish. | 1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish. | 2026-yil may | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
2. Arxiv axborot tizimida quyidagi funksiyalarni elektron shaklda amalga oshirish: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish; yigʻmajildlar roʻyxatini tuzish va rasmiylashtirish, ularga ilmiy-maʼlumot apparatini tuzish, tasdiqlash, kelishish; davlat arxivlari tomonidan arxiv hujjatlarini qabul qilish, foydalanishga berish; korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilayotganda ularning arxiv hujjatlarini vorisda saqlash masalasini davlat arxivlari bilan kelishish; davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy tuzilmalarining hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasini shakllantirish hamda tegishlicha Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar bilan kelishish; davlat arxivlariga arxiv hujjatlari topshirilishi lozim boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining yagona roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil iyul | ||||
4. | Fuqarolarning oilaviy shajaralari boʻyicha maʼlumotlarni onlayn tarzda taqdim etish imkoniyatini beruvchi “Shajara” axborot tizimini joriy etish. Bunda “Oʻzarxiv” agentligini “Shajara” axborot tizimining mulkdori, Adliya vazirligi huzuridagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazini operator etib belgilash. | 1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish. | 2025-yil dekabr | Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Loyihaning texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | 2026-yil mart | ||||
3. Axborot tizimini ishlab chiqish va “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining va boshqa vazirlik hamda idoralarning axborot bazalari bilan integratsiya qilish. | 2026-yil avgust | ||||
4. “Shajara” axborot tizimidan foydalanuvchi aholi oʻrtasida yangi tizimdan foydalanish, onlayn buyurtma berish va elektron toʻlovni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida targʻibot ishlarini tashkil etish. | 2026-yil iyun | ||||
5. | Arxiv hujjatlarining matnini tanib olish va metamaʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish. | 1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish. | 2026-yil may | Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
2. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2026-yil dekabr | ||||
6. | Davlat arxivlarining axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarining axborot va kiberxavfsizligini taʼminlash, xizmat axborotlari va maʼlumotlarini himoya qilish choralarini kuchaytirish. | 1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish. 2. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2026 — 2030-yillar davomida | Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
7. | Raqamli infratuzilmani takomillashtirish, axborot tizimlarini yaratish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur server va grafik ishlov berish bloklarini xarid qilish. | 1. Loyihalarni joriy etish va ishga tushirish uchun zarur qurilmalar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil fevral | Adliya vazirligi huzuridagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi xoʻjalik mablagʻlari | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
2. Belgilangan tartibda xaridlarni amalga oshirish. | 2026-yil aprel | ||||
II. Davlat arxivlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
8. | Arxiv organlari hujjatlarini raqamlashtirish maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)ga erishish uchun kompyuter va boshqa texnika vositalarini xarid qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar. | 2026-yil aprel | Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
9. | Davlat arxivlarini zarur moddiy-texnika bazasi (mobil stellaj, zamonaviy qoʻriqlash tizimi, gazli yongʻin oʻchirish avtomatik qurilmalari tizimi hamda axborot xavfsizligini taʼminlash qurilmalari) bilan taʼminlash. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari hamda viloyatlar davlat arxivlarining jami 17 ta binolarini zarur moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash. | 2026 — 2030-yillar davomida | Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), |
10. | Viloyat davlat arxivlarining arxiv hujjatlarini restavratsiya qilish laboratoriyalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar. | 2026 — 2030-yillar davomida | Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
11. | Axborot xavfsizligini monitoring qilish, tahdidlarni aniqlash, ularga javob berish va oldini olishni taʼminlovchi “SOC” (security operations center) tizimini joriy qilish. | 1. Loyihaoldi oʻrganishlarni amalga oshirish va maʼlumotlarni tahlil qilish. | 2025-yil dekabr | Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Kiberxavfsizlik markazi (O. Mirzayev) |
2. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2026-yil fevral | ||||
III. Arxiv sohasini raqamlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari | |||||
12. | Arxiv sohasida quyidagi yangi davlat xizmatlarini joriy etish: oila shajarasini tuzish davlat xizmati; arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati; davlat arxivlarida saqlanayotgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hujjatlari aslini berish boʻyicha davlat xizmati; ish yuritish va arxiv ishini hamda idoraviy arxiv faoliyatini auditdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026 — 2030-yillar | - | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
13. | Arxiv xizmatlaridan foydalanuvchilar qamrovini kengaytirish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2026 — 2030-yillar | - | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
IV. Davlat arxivlari xodimlarining bilimi va koʻnikmalarini oshirish | |||||
14. | Xorijiy davlatlar arxivlaridan Oʻzbekistonga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish maqsadida xorijiy davlatlar arxivlarida ilmiy-tadqiqotlar olib borish. | 1. Oʻzbekistonga oid arxiv hujjatlari saqlanishi mumkin boʻlgan xorijiy davlatlarni tahlil qilish. | Har yili yanvar oyi | Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), masʼul vazirlik va idoralar |
2. Ilmiy-tadqiqotlar olib boruvchi vazirlik va idoralar xodimlari nomzodlarini koʻrib chiqish. | Har yili fevral oyi | ||||
3. Ilmiy-tadqiqotlar olib borish boʻyicha xorijiy davlatlarning arxivlari bilan belgilangan tartibda kelishish. | Har yili may oyi | ||||
15. | Xorijiy davlatlarda arxiv xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash va stajirovka oʻtashini taʼminlash. | 1. Malaka oshirish, qayta tayyorlash va stajirovkadan oʻtish mumkin boʻlgan xorijiy davlatlarning arxivlari bilan kelishuvga erishish. | Har yili yanvar oyi | Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
2. Xodimlar nomzodlarini koʻrib chiqish va ularni xizmat safariga yuborish. | Har yili may oyi | ||||
16. | Arxiv hujjatlari asosida foydalanuvchilar uchun nashrlar tayyorlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar. | 2026 — 2030-yillar | Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
17. | Davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlarini davriy mansubligidan qatʼiy nazar maxfiylikdan chiqarish ishlarini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar. | 2026 — 2030-yillar | Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Davlat xavfsizlik xizmati (B. Kurbanov) |
18. | Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Elektron arxiv oʻquv laboratoriyasini tashkil etish hamda arxiv ishi sohasiga oid ishlanmalardan amaliy jihatdan foydalanish imkoniyatini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar. | 2026-yil mart | Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
19. | Davlat arxivlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga masʼul boʻlgan xodimlar malakasini oshirib borish. | Reja-grafikni tasdiqlash. | Doimiy | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
20. | Davlat arxivlari hamda davlat organlari va tashkilotlariga arxivarius lavozimlariga ishga qabul qilingan xodimlarning arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malakasini oshirib borish. | Reja-grafikni tasdiqlash. | Doimiy | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
V. Arxiv ishi sohasining normativ-huquqiy va uslubiy bazasini takomillashtirish | |||||
21. | Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil fevral | - | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2026-yil mart | ||||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel | ||||
22. | Agentlikning binolarini xatlovdan oʻtkazish hamda 2026 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich arxiv binolarini xususiylashtirish hamda arxiv binolarini jihozlash choralari toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil fevral | - | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2026-yil mart | ||||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel | ||||
23. | Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan arxiv xodimi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil fevral | - | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2026-yil mart | ||||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel | ||||
24. | Tashkilotlarning arxiv ishi va ish yuritishini belgilovchi ichki hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartib-taomillarini hamda toʻlov miqdorlarini nazarda tutuvchi arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti loyihasini ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil fevral | - | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2026-yil mart | ||||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel | ||||
25. | Vazirlik va idoralarning arxiv hujjatlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimida elektron saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: elektron hujjatlarni qabul qilish, saqlash va ularning hisobini yuritish tartibi; shartnoma asosida tizimga ulash tartibi; tizim foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari. | 2026-yil fevral | - | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov) |
2. Loyihani belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2026-yil mart | ||||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel | ||||
26. | Oʻzbekiston Milliy arxivlari va markaziy, viloyat, tuman (shahar) davlat arxivlarining tasdiqlangan namunaviy shtat birliklari va tuzilmasini tasdiqlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2026-yil aprel | - | “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
2-ILOVA
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
T/r | Maqsadli koʻrsatkichlar | Oʻlchov birligi | Amalda | Maqsadli koʻrsatkichlar yillar kesimida | Masʼul ijrochilar | ||||
2026 | 2027 | 2028 | 2029 | 2030 | |||||
1. | Milliy arxiv fondi hujjatlarini raqamlashtirishni kengaytirish | foiz | 13 | 15 | 25 | 35 | 50 | 60 | “Oʻzarxiv” agentligi |
2. | Arxiv hujjatlarining elektron nusxasini yaratish | mln kadr | 94 | 109 | 124 | 139 | 154 | 169 | |
3. | Axborot tizimiga metamaʼlumotlarni kiritish | mln maʼlumot | 1,4 | 2,430 | 4,860 | 7,290 | 9,720 | 12,150 | |
4. | Arxiv sohasida davlat xizmatlari sonini oshirish | dona | 10 | - | 11 | 12 | 13 | 14 | |
3-ILOVA
T/r | Indikator (subindikator) nomi | Oʻlchov birligi | Joriy holat | Maqsadli koʻrsatkichlar yillar kesimida (oʻsib boruvchi) | Ijro va maʼlumot berishga masʼul idoralar | ||||
2026 | 2027 | 2028 | 2029 | 2030 | |||||
MAQSAD: Arxiv sohasida samarali boshqaruv tizimini yaratish, raqamlashtirish va xizmatlar sifatini oshirish | |||||||||
I. Resurs koʻrsatkichlari | |||||||||
1.1. | Yagona milliy arxiv axborot tizimini joriy etish | axborot tizimi | - | 1 | - | “Oʻzarxiv” agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |||
1.2. | Davlat arxivlariga qoʻshimcha arxivarius jalb etish | shtat | - | Zaruratga koʻra | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi | ||||
1.3. | Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish | modul | - | 1 | - | - | - | - | “Oʻzarxiv” agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
1.4. | RFID (radiochastotali identifikatsiya) texnologiyasini joriy etish | jihozlar majmuasi | - | 1 | 2 | 3 | - | - | “Oʻzarxiv” agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
1.5. | Arxiv ishi sohasining normativ-huquqiy va uslubiy bazasini takomillashtirish | normativ-huquqiy hujjat | - | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | “Oʻzarxiv” agentligi |
1.6. | “Shajara” axborot tizimini joriy etish | modul | - | 1 | - | - | - | - | “Oʻzarxiv” agentligi |
II. Amaliyot koʻrsatkichlari | |||||||||
Raqamlashtirish yoʻnalishida: | |||||||||
2.1. | Arxiv hujjatlarining elektron nusxasini yaratish | mln kadr | 94 | 109 | 124 | 139 | 154 | 169 | “Oʻzarxiv” agentligi |
2.2. | Axborot tizimiga metamaʼlumotlarni kiritish | mln maʼlumot | 1,4 | 2,430 | 4,860 | 7,290 | 9,720 | 12,150 | “Oʻzarxiv” agentligi |
2.3. | Davlat arxivlarining funksiyalarini raqamlashtirish | dona | - | 3 | 6 | “Oʻzarxiv” agentligi | |||
2.4. | Yangi elektron xizmatlar sonini oshirish | dona | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | “Oʻzarxiv” agentligi | |
Xizmat koʻrsatish yoʻnalishida: | |||||||||
2.5. | Amaldagi davlat xizmatlarini koʻrsatish muddatini qisqartirish | ish kuni (oʻrtacha) | 9 | - | - | 8 | 7 | 5 | “Oʻzarxiv” agentligi |
2.6. | Davlat arxivlari xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish | nafar | 120 | 195 | 270 | 345 | 420 | 495 | “Oʻzarxiv” agentligi |
2.7. | “Shajara” axborot tizimi orqali xizmatlar sonini oshirish | foiz | - | - | 25 | 50 | 75 | 100 | “Oʻzarxiv” agentligi |
III. Natijadorlik koʻrsatkichlari | |||||||||
3.1. | Milliy arxiv fondi hujjatlarini raqamlashtirish | foiz | 13 | 15 | 25 | 35 | 50 | 60 | “Oʻzarxiv” agentligi |
3.2. | Elektron xizmat koʻrsatish ulushini oshirish | foiz | 71 | 71 | 78 | 86 | 93 | 100 | “Oʻzarxiv” agentligi |
4-ILOVA
“ | ||
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va ular boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish uchun yuborish | ||
Adliya vazirligi | 1. Normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish uchun Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasi asosida masʼul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini koʻrsatgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish. | Rasmiy eʼlon qilingandan keyin ikki kun |
Davlat organlari va tashkilotlarining Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy boʻlinmasi | 2. Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasini kelishish yoki davlat organi va tashkiloti ushbu kartotekada nazarda tutilgan hujjatning ishlab chiquvchisi yoxud hujjatda (uning qismida) nazarda tutilgan masalani tartibga solishga vakolatli boʻlmagan hollarda tegishli izoh bilan rad etish. | Hujjat kelib tushgandan ikki ish kuni mobaynida |
”; | ||