24.11.2025 yildagi PF-227-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda sudyalar hamjamiyati organlarining rolini tubdan oshirish, ochiq va shaffof tartib-taomillar asosida sud organlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish, aholining sud himoyasida boʻlish huquqini samarali taʼminlash, sud mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirishning ustuvor maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatida sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyilini va sud mustaqilligiga oid ilgʻor xalqaro standartlar keng joriy etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sudyalar korpusini shakllantirish tartibini takomillashtirish, ushbu jarayonda sudyalar hamjamiyati organlari rolini oshirish va ularning masʼuliyat doirasini aniq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, sudyalikka nomzodlarni tanlashning shaffof tartibini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) sud tizimida gender tenglikni taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirish orqali ayol sudyalar ulushini kamida 30 foizga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sud mustaqilligiga oid ilgʻor standartlarni joriy etish hamda sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudyalar oliy kengashining (keyingi oʻrinlarda — Kengash) qonunchilikka sudyaning almashtirilmasligiga oid tamoyilni kiritish boʻyicha quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sudyalarni navbatdagi oʻn yillik muddatga tayinlash (saylash) tartibini bekor qilib, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni aniq mezonlarga koʻra sudyalar orasida ochiq tanlov asosida tanlash tartibini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sudyaning kasbiy faoliyatini baholashda “halollik”, “kasbiy layoqatlilik” va “sudyalik odobi qoidalariga rioya etish” talablarining aniq mezonlarini qonun darajasida belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengash va Oliy sudning Kengash tarkibini shakllantirish tartibini sudyalar hamjamiyati organlarining ishtirokini oshirish orqali yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Kengashning doimiy asosda faoliyat yurituvchi sudyalari lavozimiga nomzodlar tegishli sud sudyalari malaka hayʼatlari tomonidan tavsiya etilishi. Bunda Kengashning doimiy asosda faoliyat yurituvchi sudyalari lavozimiga, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida 7 yil ishlagan sudyalar nomzodi koʻrsatilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Kengashning jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi aʼzolari tarkibiga nomzodlar huquq sohasidagi ilmiy va oliy taʼlim tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan tavsiya etilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengash Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda Kengashning doimiy asosda faoliyat yurituvchi sudyalari tarkibini quyidagi sud sudyalari orasidan shakllantirish tartibini joriy etish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oliy suddan — ikki nafar sudya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) viloyat darajasidagi sudlardan — yetti nafar sudya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tumanlararo, tuman, shahar sudlaridan — toʻrt nafar sudya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengashning sudyalik lavozimlariga nomzodlar boʻyicha xulosalar quyidagi sudyalar hamjamiyati organlari tomonidan taqdim etilishini nazarda tutuvchi tartibni qonunchilikka kiritish haqidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sudyalar malaka hayʼatlari — harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining sudyalari, hududiy harbiy sudlarning, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Sudyalar oliy malaka hayʼati — Oliy sud sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari va rais oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kengash va Oliy sudning sudyalar hamjamiyati organlarining mustaqilligini oshirish maqsadida Kengash va Sudyalar oliy malaka hayʼatining qoʻshma yigʻilishini oʻtkazish tartibini bekor qilish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengash raisiga, uning konstitutsiyaviy maqomidan kelib chiqqan holda, quyidagi vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sudyalar tomonidan Sudyalar odobi kodeksi normalari buzilgan yoki manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holatlarda sudyalar malaka hayʼatlari tomonidan intizomiy ish asossiz tugatilgan yoki tayinlangan intizomiy jazo sudya sodir etgan qilmishga mos emas deb topilgan taqdirda, malaka hayʼatlarining tegishli qarorlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Kengashning tuzilmasi va shtat jadvalini belgilangan shtat birliklari doirasida mustaqil tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash vakolatlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari vazirlik va idoralar tomonidan Kengash bilan majburiy tartibda kelishib olinishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatida ochiqlik darajasini oshirish va sud boshqaruvini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2025-yil 15-dekabrga qadar Kengashning rasmiy veb-saytida quyidagilarni ochiq eʼlon qilib borish amaliyoti joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sud tizimida mavjud boʻsh rahbarlik va yuqori turuvchi sudyalik lavozimlariga oid maʼlumotlar hamda ularni egallash uchun tanlovda ishtirok etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sud tizimida sudyalik lavozimlari, shu jumladan, rahbarlik va yuqori turuvchi sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash hamda tayinlash boʻyicha barcha bosqichlarga oid maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash faoliyatiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va oʻrganish jarayonini raqamlashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sudyalik lavozimlariga nomzodlardan ortiqcha maʼlumotlar talab etilishiga chek qoʻyish maqsadida “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi Kengashning axborot tizimi bilan toʻliq integratsiya qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sudyalar faoliyati samaradorligini baholashda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti boʻyicha sudyaning kasbiga munosibligini baholashga koʻmaklashuvchi elektron dasturni takomillashtirish choralari koʻrilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Kengash majlislarida yopiq ovoz berish va qaror qabul qilish jarayonlariga raqamli texnologiyalar joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 4 ta shtat birligi ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengash umumiy shtat birliklarining cheklangan soni 32 ta, shu jumladan, sudyalik lavozimlari — 13 ta, ijro apparati xodimlari — 10 ta, moliya-xoʻjalik boʻlimi xodimlari — 6 ta etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sud mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash (X. Yodgorov), Oliy sud (B. Islamov) va Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) uch oy muddatda quyidagilar boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qonunchilik normalarini sud mustaqilligiga oid xalqaro standartlar asosida qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Kengash aʼzolarining sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash borasidagi faoliyatiga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlik choralarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sudyalar va sud xodimlari kunini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengash va Oliy sudning sudya mustaqilligi va javobgarligi oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlash maqsadida sudyaga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash tizimini shaffof va adolatli qilish boʻyicha quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sudyaga nisbatan intizomiy ish koʻrib chiqishda uning himoyaga boʻlgan huquqini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) quyi sudyalik lavozimiga oʻtkazish intizomiy jazo chorasini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) intizomiy jazo amalda boʻlgan vaqtda yuqori sudyalik lavozimiga tavsiya etilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) sudyani intizomiy javobgarlikka tortish asoslarining aniq mezonlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Sudyalar korpusida gender tenglikni taʼminlash va ilmiy salohiyatni oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudyalar korpusida gender tenglikni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Kengashning Odil sudlov akademiyasining kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilishda har yili zaruratga qarab Kengash tomonidan xotin-qizlar uchun kvota belgilash haqidagi taklifiga rozilik berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tashabbuskor sudyalar guruhi tomonidan Oʻzbekiston ayol sudyalar assotsiatsiyasini tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sud tizimida kamida besh yillik mehnat tajribasiga va ilmiy salohiyatga ega sudyalar qonunchilikda belgilangan tartibda Odil sudlov akademiyasiga professor-oʻqituvchi lavozimiga tayinlanganda Akademiyadagi faoliyati tugagandan soʻng uning muqaddam ishlagan sudyalik lavozimida ishni davom ettirishi, boʻsh turgan sudyalik lavozimi boʻlmagan taqdirda, roziligi bilan avvalgisiga teng boshqa sudyalik lavozimiga oʻtkazilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini yanada oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6127-son Farmoni 8-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari hamda 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengash (X. Yodgorov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Sudyalar oliy kengashi raisi X.B. Yodgorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari N.J. Xakimova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-227-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-227-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini yanada oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Sud mustaqilligiga oid ilgʻor standartlarni joriy etish hamda sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatini takomillashtirish

1.

Sudyalarni navbatdagi oʻn yillik muddatga tayinlash (saylash) tartibini bekor qilish hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi

2026-yil mart

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov)

2.

Kengashning doimiy asosda faoliyat yurituvchi aʼzolari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etishning aniq tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil mart

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov)

3.

Kengashning jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi aʼzolari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etishning aniq tartibini belgilash.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil mart

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

4.

Kengash tarkibida sud tizimining barcha boʻgʻinlari vakilligini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil mart oyiga qadar

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov)

5.

Sudyaning kasbiy faoliyatini baholashda “halollik”, “kasbiy layoqatlilik” va “sudyalik odobi qoidalariga rioya etish” mezonlarining aniq talablarini qonun darajasida belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil mart

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov)

6.

Sudyalarning malaka hayʼatlari qarorlarini qayta koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil aprel

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov)

7.

Kengash va Sudyalar oliy malaka hayʼatining qoʻshma yigʻilishlarini oʻtkazish tartibini bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil aprel

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov)

8.

Sudyalar malaka hayʼatlarining yangi tayinlangan aʼzolarini Odil sudlov akademiyasining qisqa muddatli kurslarida oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Alohida reja asosida

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Odil sudlov akademiyasi

(Sh. Abduqodirov)

II. Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatida ochiqlik darajasini oshirish va sud boshqaruvini takomillashtirish

9.

Kengashning rasmiy veb-saytida quyidagilarni ochiq eʼlon qilib borish amaliyotini joriy etish:

(a) sud tizimida mavjud boʻsh rahbarlik va yuqori turuvchi sudyalik lavozimlariga oid maʼlumotlar hamda ularni egallash uchun tanlovda ishtirok etish tartibi;

(b) sud tizimida sudyalik lavozimlari, shu jumladan, rahbarlik va yuqori turuvchi sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash boʻyicha barcha bosqichlarga oid maʼlumotlar.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil 15-dekabrga qadar

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

10.

Hududlarda sudyalarni majburiy tartibda viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

Sudyalar oliy kengashi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar, idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

III. Sud mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish va Kengash faoliyatini raqamlashtirish

11.

Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qonunchilik normalarini sud mustaqilligiga oid xalqaro standartlar asosida koʻrib chiqish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2026-yil mart oyiga qadar

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Kengash aʼzolarining sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash borasidagi faoliyatiga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlik choralarini belgilash.

13.

Sudyalar va sud xodimlari kunini belgilash.

14.

Sudyaga nisbatan intizomiy jazo qoʻllashning shaffof va adolatli tizimini joriy etish.

Bunda:

(a) sudyaga nisbatan intizomiy ish koʻrib chiqishda uning himoyaga boʻlgan huquqini taqdim etish;

(b) quyi sudyalik lavozimiga oʻtkazish intizomiy jazo chorasini joriy etish;

(v) intizomiy jazo amalda boʻlgan vaqtda yuqori sudyalik lavozimiga tavsiya etilmaslik;

(g) sudyani intizomiy javobgarlikka tortish asoslarining aniq mezonlarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil mart

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov)

15.

“Raqamli hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasida mavjud maʼlumotlarni Kengashning axborot tizimi bilan toʻliq integratsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“UZINFOCOM” MCHJ

(E. Gimranov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Sudyalar faoliyati samaradorligini sunʼiy intellekt yordamida baholashni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

17.

Sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti boʻyicha sudyaning kasbiga munosibligini baholashga koʻmaklashuvchi elektron dasturni takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil may

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

IV. Sudyalar korpusida gender tenglikni taʼminlash va ilmiy salohiyatni oshirish

18.

Odil sudlov akademiyasining sudyalik kasbiga qayta tayyorlash kurslariga qabul qilishda har yili zaruratga qarab xotin-qizlar uchun kvota belgilash.

Idoraviy hujjat loyihasi

Doimiy ravishda

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

19.

Sud tizimida kamida besh yillik mehnat tajribasi va ilmiy salohiyatga ega sudyalarni ikki oʻquv yili muddatiga Odil sudlov akademiyasiga professor-oʻqituvchi lavozimiga jalb etish tartibini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar,

idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil mart

-

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Odil sudlov akademiyasi

(Sh. Abduqodirov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar tegishli chora-tadbirning sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi, shuningdek, bir hujjatga birlashtirilishi mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq chora-tadbirlar birlashtirilgan hollarda, ushbu masalalarning oxirgi bajarish muddati qoʻshma chora-tadbirlarning bajarilishi uchun belgilangan oxirgi muddat hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan tadbirlar mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham hisobga olinishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 06/25/227/1064-son)