11.11.2025 yildagi PF-210-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli savdo-investitsiyaviy va tijorat aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlash hamda ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ushbu yoʻnalishda ishlarni samarali tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4 — 6-noyabr kunlari AQSHga tashrifi davomida “S5+1” sammiti doirasida Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va Amerika tomoni bilan kelishgan holda AQSH Prezidenti vakili hamraisligida Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga Oʻzbekiston tomonidan Kengash tarkibini, uning reglamentini va faoliyati tartib-taomillarini tasdiqlash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan quyidagi masalalarni ishlab chiqish ustuvor hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) strategik biznes tashabbuslar, yirik investitsiya va savdo loyihalari ishlab chiqilishi va kelishilishini muvofiqlashtirish, shuningdek, ular amalga oshirilishini doimiy monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekistonga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb etish uchun maxsus investitsiya fondini yaratish, yirik investorlar sifatida Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC)ni va Oʻzbekiston tomonidan ham investorlarni belgilash, shuningdek, muhim infratuzilmaviy va strategik loyihalarni moliyalashtirish va xatarlarni taqsimlash uchun yirik moliya institutlarini (YETTB, XMK, OTB) jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tarif stavkalarini oʻzaro pasaytirish masalalari boʻyicha muzokaralarni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) rezidentlari boʻlgan kompaniyalar mahsulotlari va xizmatlarini tizimli ravishda ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) mamlakatning investitsiya portfelini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta zaxirasining bir qismini va boshqa aktivlarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi siyosiy va davlat tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida 2026-yil 1-yanvardan Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi tuzilmasiga qoʻshimcha maslahatchi-elchi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili (keyingi oʻrinlarda — maslahatchi-elchi) lavozimi kiritilsin. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) maslahatchi-elchi lavozimiga tayinlash va undan ozod etish, shuningdek, faoliyati reglamentini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) maslahatchi-elchi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga hisobdor va Oʻzbekiston Respublikasining AQSHdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari faoliyatini ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish qismida qoʻllab-quvvatlashga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maslahatchi-elchi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston va AQSHda yirik va strategik investitsiya va savdo loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri tashabbus koʻrsatish va muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston tomonidan Kengash ishini kompleks muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiya-savdo blokini mustahkamlash va ishbilarmonlik hamkorligini kengaytirish, Kengashning masala va loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek, maslahatchi-elchisi faoliyatiga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining AQSHdagi elchixonasi xodimlari shtat birligini koʻpaytirish toʻgʻrisida taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bir oy muddatda AQSH hududida qoʻshimcha konsulliklar ochish masalasini ishlab chiqsin, bunda geografik qamrovni taʼminlash uchun kontingentga AQSH tarmoqlarining asosiy xablari bilan ishlovchi xodimlar va mutaxassislarni kiritsin hamda vatandoshlar yirik diasporalari eng koʻp toʻplangan hududlarni (Filadelfiya, Chikago, Orlando va Sietl shaharlari) hisobga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. AQSHning barcha shtatlarida yashab kelayotgan oʻzbek diasporalari bilan samarali hamkorlik modelini ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish — AQSH hududida yangidan tashkil etilayotgan konsulliklarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy korxonalarning ustav fondini shakllantirish (yoki kapitalda ishtirok etish) uchun AQSHdagi investitsiya faoliyati boʻyicha rezidentlar operatsiyalari — Oʻzbekiston Respublikasidagi banklarda rezidentlar hisoblaridan pul mablagʻlarini oʻtkazish, AQSHdagi filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish cheklovlarsiz, rezidentlar hisoblaridagi mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur band talablaridan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda daromadni oshirish maqsadida Kengashga eng foydali va yuqori likvidli, shu jumladan, AQSHda joylashgan aktivlarga yoʻnaltirish uchun mamlakatning investitsiya aktivlari va valyuta zaxiralari tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ikki hafta muddatda Amerika tomoni bilan birgalikda doimiy ofisi AQSHda boʻlgan Kengashning ijro organi xodimlari doimiy shtatini, shu jumladan, AQSH mutaxassislaridan iborat tarkibda shakllantirish masalasini oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yigirma kun muddatda Oʻzbekiston tomonidan Kengashning reglamenti va faoliyati tartib-taomillarini tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Oʻzbekiston tomonidan Kengash tarkibini, shu jumladan, unga Amerika ishbilarmonlik va investitsiya hamjamiyati nufuzli vakillarini jalb qilgan holda tasdiqlashga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Amerika tomoni bilan Investitsiyalarni oʻzaro qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha muzokaralar boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-210-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 06/25/210/1031-son)