Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 18-fevralda qabul qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2025-yil 4-sentabrda rad etilgan “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqib, kelishuv komissiyasining takliflarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kelishuv komissiyasi tomonidan taklif qilingan tahrirda qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-oktabr,
№ 1375-V