Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni ekspert-kriminalistik tadqiqotlardan oʻtkazish jarayonlari jadallashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 37-ilovaga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy taʼsirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 6-maydagi PF-73-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni ekspert-kriminalistik tadqiqotlardan oʻtkazish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 37-ilovaning 12-pozitsiyasi toʻrtinchi ustunining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida litsenziya olmasdan foydalaniladi”.
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-noyabr,
713-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2025-y., 09/25/713/1030-son)