28.10.2025 yildagi 680-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Qashqadaryo viloyatida Koʻkdala tuman 2-son texnikumi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatida yoshlarni kasbiy taʼlimga jalb etish, ularga kasb va mutaxassisliklarni egallashi uchun qulay sharoitlar yaratish, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyasiga mos oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash tizimini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son Farmoni bilan Koʻkdala (Chiroqchi) pedagogika kolleji negizida Koʻkdala tuman 2-son texnikumi (keyingi oʻrinlarda — Texnikum) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikum Qashqadaryo viloyati, Koʻkdala tumani, Koʻkdala MFY, Umar Xayyom koʻchasi 77-uy manzilida faoliyat koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sobiq Koʻkdala (Chiroqchi) pedagogika kolleji hududida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi hamda unga tutash boʻlgan 0,5 ga yer maydoni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida qoldirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikum Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi tizimidagi davlat kasbiy taʼlim tashkiloti hisoblanadi va uning faoliyati amaldagi kasbiy taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi asosida hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9 va 11-sinf bitiruvchilari belgilangan tartibda oʻqishga qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumni saqlash xarajatlariga 2025-yilda talab etiladigan mablagʻlar Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnikumning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarida oʻrta boʻgʻin kadrlariga talab yuqori boʻlgan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha hamda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish orqali tashqi mehnat bozori ehtiyoji asosida kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash maqsadida dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha ishsiz va band boʻlmagan aholini qisqa muddatli kasblarga hamda xorijiy tillarga oʻqitish, bunda qisqa muddatli oʻquv kurslarini ish beruvchilar talabiga muvofiq tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun zarur moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazani yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni hamda oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini jalb etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nufuzli xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturi asosida mutaxassislar tayyorlash hamda oʻquvchilarni egallagan kasb va mutaxassislik boʻyicha xalqaro tan olingan kasbiy sertifikatlarini olishlariga shart-sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda Texnikumda oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash va oʻquvchilar uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Texnikumni oʻquv-laboratoriya jihozlari, ustaxona asbob-uskunalari va oʻquv texnika bilan taʼminlashda sunʼiy intellekt hamda “yashil iqtisodiyot” tendensiyalarini inobatga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2025-yil 15-noyabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025/2026 oʻquv yili uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Qashqadaryo viloyati hokimligining taklifi asosida Texnikumga oʻquvchilarni qabul qilish parametrlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumda tayyorlanayotgan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha hududdagi korxona va tashkilotlarni sanoat hamkori sifatida jalb etsin hamda oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini hududdagi tadbirkorlik subyektlarida oʻtkazishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026/2027 oʻquv yili boshlangunga qadar Texnikumning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, infratuzilmasini yaxshilash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan birgalikda Texnikumda 2026-yil 1-yanvardan boshlab oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarni hamda xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni nemis, ingliz, rus, koreys va yapon tillariga Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻqitishni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Texnikumda xalqaro taʼlim dasturini joriy qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili iyul-avgust oylarida Texnikum bitiruvchilari uchun viloyatdagi ish beruvchilarni jalb qilgan holda yarmarkalar, shu jumladan, oʻquv yili davomida ishlab chiqarish tashkilotlarida tasdiqlangan reja-grafiklar asosida “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
680-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2025-y., 09/25/680/0993-son)