23.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3693
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori, 23.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3693
Кучга кириш санаси
24.10.2025
Hujjat 24.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-son “Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son “Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. KARIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 3-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 3-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 10-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 2-oktabrdagi 293-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (bundan buyon matnda oilaviy MTT deb yuritiladi) tarbiyalanayotgan “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning (bundan buyon matnda ayrim toifadagi oilalar deb yuritiladi) farzandlari uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Ayrim toifadagi oilalarning farzandlari uchun kompensatsiya belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ayrim toifadagi oilalarning farzandlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali shakllantiriladi hamda “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimiga (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) uzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ota-onalar toʻlovining bir qismi (bundan buyon matnda kompensatsiya deb yuritiladi) Davlat budjetidan qoplab beriladigan ayrim toifadagi oilalarning farzandlari roʻyxati (bundan buyon matnda roʻyxat deb yuritiladi) axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy MTTga qabul qilingan ayrim toifadagi oilalar farzandlarining soni mazkur Nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan miqdordan koʻp boʻlganda, roʻyxat ayrim toifadagi oilalarning quyidagi ustuvor ketma-ketligi asosida aniqlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qizil” toifa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sariq” toifa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” toifa (kambagʻal oilalar reyestriga kiritilish ehtimoli yuqori boʻlganligi asosi bilan “yashil” toifaga kiritilgan oilalar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy MTTga qabul qilingan bir xil toifadagi oilalarning farzandlari soni mazkur Nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan miqdordan koʻp boʻlganda, roʻyxatga kiritish ularning oilaviy MTTga qabul qilingan sanasiga muvofiq ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ayrim toifadagi oilalarning farzandlari boshqa maktabgacha taʼlim tashkilotiga oʻtkazilganligi, mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan imtiyozlardan toʻliq foydalanib boʻlganligi sababli roʻyxatdan chiqarilganidan soʻng, ularning oʻrniga mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan ketma-ketlik asosida boshqa ayrim toifadagi oilalarning farzandlari uchun kompensatsiya belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim toifadagi oilalarning farzandlari boshqa oilaviy MTTga oʻtkazilganda, ular mazkur oilaviy MTTdagi kompensatsiya belgilanishi mumkin boʻlgan boʻsh oʻrinlarga mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan tartibda joylashtirilgan sanadan kompensatsiya toʻlash davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kompensatsiya belgilangan ayrim toifadagi oilalar farzandlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimida ularning ota-onalari shaxsiy kabinetida aks etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ayrim toifadagi oilalar farzandlari uchun kompensatsiya belgilanganligi yoki toʻxtatilganligi haqida ularning ota-onalari mobil ilova hamda telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborish orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomada bolaning ismi, familiyasi va otasining ismi, kompensatsiya belgilangan yoki toʻxtatilgan sana hamda kompensatsiya miqdori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Toʻlovlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ayrim toifadagi oilalarning ota-onalar toʻlovini qoplash uchun oilaviy MTTga kompensatsiya tegishli hududda 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar toʻlovining 40 foizi miqdorida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya oilaviy MTTga haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlari sonidan kelib chiqib, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan oilaviy MTT oʻrtasida tuzilgan bitimda belgilangan oʻrinlarning 15 foizidan koʻp boʻlmagan qismiga ajratiladi. Bunda, oʻrinlar soni qoldiqqa ega boʻlgan taqdirda, qoldigʻi 0,5 dan kichik boʻlgan sonlar 0 ga, 0,5 va undan yuqori boʻlgan sonlar esa 1 ga yaxlitlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompensatsiya oilaviy MTTning hisobvaragʻiga ularga ajratiladigan boshqa subsidiyalar bilan birga toʻlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kompensatsiyaning oylik toʻlovi summasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tarbiyalanuvchining haqiqiy davomatidan kelib chiqqan holda axborot tizimida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ayrim toifadagi oila “Kambagʻal oilalar reyestri” axborot modulida “qizil” yoki “sariq” toifadan “yashil” toifaga oʻtkazilganda, kompensatsiya keyingi oʻn ikki oy mobaynida toʻlab boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan oilaviy MTT oʻrtasida tuzilgan bitimga oʻzgartirishlar kiritilishi natijasida oʻrinlar soni kamaygan taqdirda, kompensatsiya toʻlanishi belgilangan ayrim toifadagi oilalar uchun kompensatsiya toʻlash boʻyicha imtiyozlar saqlab qolinadi. Bunda, mazkur Nizomning 8-bandi talablari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oilaviy MTTga oʻtgan davr uchun toʻlanmagan yoki ortiqcha toʻlangan kompensatsiya keyingi oy uchun kompensatsiyalar tegishli summalari qoʻshilgan yoki kamaytirilgan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan muddat tugagan hollarda, ortiqcha toʻlangan kompensatsiya oilaviy MTTga ajratiladigan boshqa subsidiyalar hisobidan chegirib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan oilaviy MTT oʻrtasida tuzilgan bitim muddati tugaganda yoki bekor qilinganda ortiqcha toʻlangan kompensatsiya oilaviy MTT tomonidan Davlat budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ayrim toifadagi oilalar farzandlarining oilaviy MTTga jalb etilishiga toʻsqinlik qilishga yoki boshqa koʻrinishda kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.