Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
GʻARBDA IShLAB ChIQARILGAN SAMOLYOTLARGA TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISh MARKAZINI TAShKIL ETISh BOʻYIChA LOYIHANING IKKINChI BOSQIChINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlar parkiga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻz bazasini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi bazasida Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish markazini tashkil etish boʻyicha loyihaning birinchi bosqichi 2002-yilda tugallanganligi;
Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodining “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi deb qayta nomlanganligi;
loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun buyurtmachi — “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi tomonidan “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasining mavjud bazasida tashkil etilayotgan Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish markazini jihozlash va texnik qoʻllab-quvvatlash uchun “Lyuftganza Texnik” va “Gidro-Geratebau” kompaniyalari (Germaniya) bilan umumiy summasi 6,5 mln AQSh dollari boʻlgan kontraktlar tuzilganligi;
loyihaning ikkinchi bosqichini mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha kreditor bankning Germaniya banklari oʻrtasidagi tanlov yakunlariga koʻra aniqlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, tuzilgan kontraktlarni ikkinchi bosqichda mablagʻ bilan taʼminlash quyidagi tartibda:
kontraktlar qiymatining 975,0 ming AQSh dollarini tashkil etadigan 15 foizi xorijiy kreditor bank mablagʻlarini, shu jumladan “Lyuftganza Texnik” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 707 ming AQSh dollarini va “Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 268 ming AQSh dollarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga;
kontraktlar qiymatining 5525,0 ming AQSh dollarini tashkil etadigan 85 foizi xorijiy kreditor bank mablagʻlarini, shu jumladan “Lyuftganza Texnik” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 4008,57 ming AQSh dollarini va “Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 1516,43 ming AQSh dollarini “Germes” (Germaniya) jamiyati sugʻurta qoplovi ostida qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda kredit bitimlarini tuzsin va loyihaning ikkinchi bosqichi amalga oshirilishini taʼminlash uchun kreditlar mablagʻlarini “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasiga qayta moliyalashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyiha uchun jalb etiladigan kreditlar boʻyicha:
xorijiy bankka — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatlar berishga vakil qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan xorijiy bank uchun maqbul boʻlgan shakl boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
6. Belgilansinki, ikkinchi bosqichda asosiy qarz, foizlar, vositachilik haqlari va kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni toʻlash kredit bitimlari shartlariga muvofiq “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasining xoʻjalik faoliyati hisobiga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq amalga oshiriladi.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 483-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-may,
224-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
19-maydagi 225-son qaroriga
3-ILOVA
19-maydagi 225-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi bazasida Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1999-yil 30-oktabrdagi 483-son qaroriga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va matnidagi “Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi”ga koʻrsatmalar “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi”ga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
2. Qarorning 1-bandida:
toʻrtinchi xatboshidagi “1999-yil” soʻzlari “2000—2002-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “2000—2001-yillar” soʻzlari “2003—2004-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “2001—2003-yillar” soʻzlari “2004—2005-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin.