Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-127-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-127-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-sentabr,
1266-V-son