Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
E.Sh. Hayitovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati E. Hayitovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida”gi 1445-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Hayitov Erkin Shaymardonovich (67-Qashqadaryo viloyati saylov okrugi) deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 16-sentabr,
1301-V-son