16.10.2025 yildagi 648-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni taʼminlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni taʼminlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida amaldagi shtat birliklarini saqlab qolgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, tizimi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning huquqlari va javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hamda javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatini tashkil etish, uning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bir oy muddatda Agentlikni Internet jahon axborot tarmogʻi va telefon aloqasi xizmatlari, shu jumladan, hukumat telefon aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Agentlikning hududiy boʻlinmalarini hududlardagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli boʻsh turgan maʼmuriy binolarga operativ boshqarish huquqi asosida bepul joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
648-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, uning rahbarlari funksional majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona meʼyorlar va standartlarni ishlab chiqishda, sinovdan oʻtkazishda va amaliyotga tatbiq etishda, ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirishda hamda chiqindilarni boshqarish sohasiga taalluqli davlat mulkini boshqarishda masʼul davlat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) boʻysunadi va oʻz faoliyati yuzasidan hisobot berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining buyruqlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik oʻz faoliyatini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining tegishli boʻlinmalarida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlikning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Chiqindilarni boshqarish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Agentstvo po upravleniyu otxodami i razvitiyu sirkulyarnoy ekonomiki pri Ministerstve ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Agentstvo po upravleniyu otxodami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Waste management and circular economy development agency under the Ministry of ecology, environmental protection and climate change of the Republic of Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Waste management agency.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlikning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri Chilonzor tumani Bunyodkor shohkoʻchasi 7a-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Agentlikning tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlikning tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning markaziy apparati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toza hudud” davlat muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsustrans” davlat muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maroqand obod” davlat muassasasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmalari, “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi, “Toza hudud” davlat muassasalari, “Maxsustrans” davlat muassasasi hamda “Maroqand obod” davlat muassasasi bevosita Agentlikka boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona meʼyorlar, normativlar va standartlarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va amaliyotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish sohasida faoliyatni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish sohasida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, respublika dasturlari va hududiy dasturlar boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar hosil boʻlishining normativlarini belgilashda hamda chiqindilarni joylashtirish obyektlarini tashkil etishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi uzluksiz faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada maishiy, qurilish, suyuq, zaharli-kimyoviy, tibbiyot va elektron chiqindilarni boshqarish sohasini takomillashtirish, shuningdek, ularni qayta ishlash va utilizatsiya qilishning zamonaviy usullarini tatbiq qilish hamda “nol chiqindi” tamoyilini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada chiqindilarni saralash, qayta ishlash natijasida energiya resurslari, xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni toʻplash, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va ularni yoʻq qilish boʻyicha chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalarini tashkil etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish sohasiga xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kredit, grant, xorijiy va mahalliy investorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya mablagʻlarini jalb qilish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish, ularni qayta yuklash stansiyasi, chiqindilarni yoqish yoki qayta ishlash zavodi yoxud ekosanoat zonasiga topshirish, joylashtirish xizmatlari uchun ishlab chiqilgan tariflarning asoslantirilganini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik bitimlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha sanitar tozalash korxonalari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini monitoring qilish, ular faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish hamda ular faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda baholab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasini raqamlashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona meʼyorlar, normativlar va standartlarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va amaliyotga tatbiq etish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni yigʻish, tashish, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish, yoʻq qilish boʻyicha yagona meʼyorlar, normativlar, va standartlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlikka kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan davlatlar tajribasi asosida chiqindilarni boshqarish sohasida ishlab chiqilgan yagona meʼyor, normativ va standartlarni tegishli davlat organlari bilan birgalikda sinovdan oʻtkazishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni yigʻish, tashish, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va yoʻq qilish boʻyicha sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan yagona meʼyor, normativ va standartlarni shu sohada faoliyat yurituvchi korxonalarda amaliyotga joriy etishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) chiqindilarni boshqarish sohasida faoliyatni muvofiqlashtirish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari va sanitar tozalash korxonalarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash, chiqindilarni boshqarish sohasida ularga sohaviy va uslubiy rahbarlik qilish hamda sanitar tozalash korxonalariga chiqindi sohasini boshqarish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda bajarishi lozim boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy, qurilish, suyuq maishiy, tibbiyot, sanoat, xavfli va zaharli chiqindilarni boshqarish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, sanitar tozalash korxonalaridan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab oladi, ularni umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada yuzaga kelgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda sohani rivojlantirish boʻyicha tegishli vazirlik, idoralar va hokimliklarga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalari faoliyatida sohaga oid qonunchilikka rioya etilishini monitoring qilib boradi, aniqlangan qonunchilik buzilishi yuzasidan choralar koʻrish boʻyicha tegishli idoralarga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda chiqindilarning hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalarining texnikalarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hisobidan xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi mavjud chiqindi poligonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, ularning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi poligonlari hududida zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda chiqindilarni saralash, qayta ishlash, utilizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda loyihalarning amalga oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni saralash, qayta ishlash, utilizatsiya qilish xizmatlari koʻrsatishni tadbirkorlik subyektlariga berishda tender tanlovlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va koʻlami boʻyicha shikoyatlarni qabul qilish hamda aholi va sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish uchun Koll-markaz faoliyatini tashkil etadi hamda doimiy faoliyat yuritishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) chiqindilarni boshqarish sohasida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, respublika dasturlari va hududiy dasturlar boʻyicha takliflarni ishlab chiqish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, respublika dasturlari va hududiy dasturlar boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibini ishlab chiqadi hamda takomillashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda aholi turar joylarini qattiq maishiy chiqindilardan tozalash boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi qonunchilik hujjatlarining ijro etilishini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) chiqindilar hosil boʻlishining normativlarini belgilashda hamda chiqindilarni joylashtirish obyektlarini tashkil etishda ishtirok etish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar hosil boʻlishining normativlarini belgilash hamda chiqindilarni joylashtirish obyektlarini tashkil etish masalalarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarning toʻplanish meʼyorini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga chiqindilar hosil boʻlishining normativlarini belgilash hamda chiqindilarni joylashtirish obyektlarini tashkil etish boʻyicha takliflarni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar koʻmib tashlanadigan va utilizatsiya qilinadigan joylarning davlat kadastrini yuritishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi uzluksiz faoliyatini taʼminlash borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimini boshqaradi va uning uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha (maishiy chiqindilarni poligonga joylashtirishni inobatga olgan holda) jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzilishini tashkil etadi hamda shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni undirishda elektron toʻlov tizimlaridan foydalanishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalari, tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni toʻlovchilarning haqqoniy hisobi yuritilishi, shuningdek, hisobga olishning yagona elektron tizimida ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning shakllantirilishini monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni toʻlovchilardan kelib tushadigan pul mablagʻlari hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni toʻlovchilarning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantiradi, monitoringini yuritadi va tahlil qiladi hamda qarzdorliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) respublikada maishiy, qurilish, suyuq, zaharli-kimyoviy, tibbiyot va elektron chiqindilarni boshqarish sohasini takomillashtirish, shuningdek, ularni qayta ishlash va utilizatsiya qilishning zamonaviy usullarini tatbiq qilish hamda “nol chiqindi” tamoyilini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarning hosil boʻlish normativlari va chiqindilarni joylashtirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishning zamonaviy usullarini tatbiq qilish hamda loyihalarining ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalari tomonidan resurs qimmatiga ega va utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan chiqindilarning lozim darajada saqlanishini taʼminlaydi hamda ularning yoʻq qilinishi va buzilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining mulki boʻlgan chiqindilarning utilizatsiya qilinishiga doir zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindilarning aralashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tegishli taklif va qoʻllanmalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy, qurilish, suyuq, zaharli-kimyoviy, tibbiyot va elektron chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha rivojlangan davlatlarning tajribalarini oʻrgangan holda “nol chiqindi” tamoyilini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalarining faoliyati samaradorligini monitoring va tahlil qilish natijasida reyting tizimi asosida baholashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) respublikada chiqindilarni saralash, qayta ishlash natijasida energiya resurslari, xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini tashkil etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni saralash, qayta ishlash natijasida energiya resurslari, xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar va dastur loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan davlatlar tajribasi asosida chiqindilarni saralash, qayta ishlash, termik usulda yoqish natijasida energiya resurslari (elektr va issiqlik energiyalari), xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni saralash, qayta ishlash natijasida energiya resurslari, xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyganlik holati boʻyicha sanitar tozalash korxonalarini ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) chiqindilarni toʻplash, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va ularni yoʻq qilish boʻyicha chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalarini tashkil etish choralarini koʻrish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi poligonlari hududidan samarali foydalanish, ularning atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida toʻplash, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va ularni yoʻq qilish boʻyicha ekosanoat zonalarini tashkil etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekosanoat zonalari faoliyatini tashkil etish, ularni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekosanoat zonalari faoliyatini monitoring qilish, ularni takomillashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini tasarruf etadi, chiqindining qayta yuklash stansiyasidan ekosanoat zonasiga yetkazib berilishini tashkil etadi, faoliyati toʻxtatilgan chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindilarni qayta ishlash va (yoki) yoqish (termik ishlov berish) zavodlari uchun talab etiladigan hajmdagi chiqindilar yetkazib berilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda chiqindilarni qayta ishlash sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida qisqartiriladigan uglerod birliklari savdosini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) chiqindilarni boshqarish sohasiga xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kredit, grant, xorijiy va mahalliy investorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya mablagʻlarini jalb qilish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar, xorijiy hukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish hamda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kredit, grant, xorijiy va mahalliy investorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida loyihalarning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi hamda xorijiy grant, kredit va investitsiya mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish, ularni qayta yuklash stansiyasi, chiqindilarni yoqish yoki qayta ishlash zavodi yoxud ekosanoat zonasiga topshirish, joylashtirish xizmatlari uchun ishlab chiqilgan tariflarning asoslantirilganini oʻrganish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalari tomonidan taqdim qilingan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish va ularni joylashtirish xizmatlari uchun ishlab chiqilgan tariflar boʻyicha hisob-kitoblarning asoslantirilganini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalari tomonidan taqdim qilingan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish va ularni joylashtirish xizmatlari uchun ishlab chiqilgan tariflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy organlariga kelishish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy organlari xulosasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalari tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari belgilangan grafik va muddatlarga muvofiq koʻrsatilishi hamda haqiqatda amalga oshirilganini chiqindilarni tashish bilan shugʻullanuvchi barcha maxsus texnikalarga oʻrnatilgan onlayn kuzatuv (GPS) tizimi orqali aniqlab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun ishlab chiqilgan tariflarning hamda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi orqali maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, saralash, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlarning asoslantirilganini oʻrganib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi maʼlumotlari asosida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha sanitar tozalash korxonalari (operatorlar) tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlar uchun chiqindi poligonlariga, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga yoki chiqindilarni yoqish zavodlari yoxud ekosanoat zonalariga topshirilgan qattiq maishiy chiqindi miqdorini inobatga olgan holda, haq toʻlashning alohida tartibini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik bitimlarini amalga oshirishda ishtirok etish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga oid davlat-xususiy sheriklik bitim va shartnomalari majburiyatlarining bajarilishini monitoring va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularni tahlil qilish va mavjud muammolar, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga oid davlat-xususiy sheriklik bitimiga va maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq koʻrsatilgan xizmatlar natijadorligini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha sanitar tozalash korxonalari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini monitoring qilish, ular faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish hamda ular faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda baholab borish borasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalari faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini har oy yakuni boʻyicha baholab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari ijobiy baholangan sanitar tozalash korxonalarini belgilangan tartibda ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari salbiy baholangan sanitar tozalash korxonalariga metodologik va malakaviy yordam koʻrsatib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasini raqamlashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar bilan bogʻliq xizmatlarni tadbirkorlik subyektlariga berish yuzasidan oʻtkaziladigan tender jarayonlarini onlayn kuzatish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi toʻplash shoxobchalari va chiqindi tashish uchun moʻljallangan maxsus texnikalarga videokuzatuv kameralarini oʻrnatishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi tashishga moʻljallangan maxsus texnikalarga sanitar tozalash korxonalarining mablagʻlari hisobidan onlayn kuzatuv (GPS) tizimini joriy etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindi tashishga moʻljallangan maxsus texnikalarga oʻrnatilgan onlayn kuzatish tizimlarini yagona monitoring tizimiga ulash orqali aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasini raqamlashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik majlislarida Agentlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari rahbar xodimlarining chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish faoliyatiga oid axborotini (maʼruzalarini) koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlardan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirishni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Ekologiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya jamgʻarmasi) yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan xalqaro va xorijiy tashkilotlarning konsultant va ekspertlarini belgilangan tartibda jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan xalqaro eʼtirof etilgan reyting tashkilotlari bilan chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish tizimini moliyalashtirishga zarur sarf-xarajatlar boʻyicha takliflarni shakllantirish, shuningdek, zaruratga koʻra, xorijiy kreditlar, grantlar va boshqa mablagʻlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari rahbarlari tomonidan qonunchilik hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlarning amal qilishini toʻxtatib turish va bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikda chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun yetakchi olimlar, yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar, turli idoralar vakillaridan iborat tarkibda haq toʻlanmaydigan ilmiy-metodik va jamoatchilik kengashlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish sohasida mukofotlar va faxriy yorliqlar, koʻkrak nishonlarini taʼsis etish, ular bilan sohadagi ilgʻor xodimlarni mukofotlash boʻyicha belgilangan tartibda taklif kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlariga tegishli davlat koʻchmas mulkini oʻz tuzilmasidagi bir tashkilotdan boshqa biriga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Vazirlik bilan kelishgan holda operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, sanitar tozalash korxonalari faoliyatini belgilangan tartibda, vakolat doirasida oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bogʻliq dolzarb va istiqbolli muammolar yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida sanitar tozalash korxonalarini qoʻllab-quvvatlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari, shuningdek, oʻz mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan maxsus texnika, konteyner, saralash, qayta ishlash uskunalari va boshqa mol-mulklarni lizing shartlari asosida yetkazib berish hamda lizing xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish, sohada hududlar muammolarini hal qilish boʻyicha dasturlarni, harakat rejalarini, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik mablagʻlaridan oqilona foydalanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishi hamda ularga rioya etilishi taʼminlanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagilar Agentlik direktorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning faoliyatini umumiy boshqarish va unga rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Agentlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlillarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari, shuningdek, Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida tegishli masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari (maslahatchisi) topshiriqlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosari va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, ularning shaxsiy masʼuliyati darajasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini qilib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha qarorlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar, tizim tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari, hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari, hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat sohasidagi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, ularning qonunchilik talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini qonunchilik talablariga muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosari, tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda tizim tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, Agentlik yigʻilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini tinglash, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari tomonidan Agentlik odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq Agentlik xodimlari, hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari, hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash, shu jumladan, ular tomonidan lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini bajarish chogʻida manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan shaxsiy manfaatdorlikka yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlari ishini tashkil etishning ilgʻor shakllarini joriy etishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini qonunchilikka muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, Agentlik rahbarlari va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar va konfidensial axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik markaziy apparati shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari nizom (ustav)larini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boʻlinma rahbarlari va oʻrinbosarlarini, tizim tashkilotlari rahbar va oʻrinbosarlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish boʻyicha yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini tashkil etish, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari mansabdor shaxslari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qilish va topshiriqlar berish, shuningdek, ularning ijrosini oʻrnatilgan tartibda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik markaziy apparati, uning hududiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlarining tasdiqlangan tuzilmalari va shtatlar jadvaliga xodimlarning cheklangan soni hamda ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish hamda sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamda hukumatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar hamda grantlarni jalb etish boʻyicha xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan Agentlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktor vaqtincha boʻlmaganda, direktorning tegishli buyrugʻi asosida uning vazifalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash hamda shaxsiy javobgarligini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va rahbariyatga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralarda boʻlib oʻtadigan yigʻilishlarda vakolat doirasida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, tarkibiy va boʻysunuvchi boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar va konfidensial axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik direktoriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini hamda qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktorining oʻrinbosari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz muddatida bajarish, shuningdek, Agentlik faoliyatidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalarda belgilangan maqsad va koʻrsatkichlarga erishishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikda, uning hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlarida ijro intizomiga qatʼiy rioya qilinishini nazorat qilishga masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlik direktori oʻrinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning ushbu Nizomda nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalariga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomda koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Agentlik rahbariyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agentlik direktori maqomi, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, Agentlik direktori oʻrinbosari esa vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agentlik direktori boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari Agentlik direktorining oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agentlik markaziy apparati xodimlari, shuningdek, hududiy boʻlinma rahbarlari va oʻrinbosarlari, tizim tashkilotlari rahbarlari va oʻrinbosarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agentlik direktori Agentlik faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hamda Vazirlikka hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boʻlinma rahbarlari va tizim tashkilotlari quyidagi masalalar boʻyicha uzviy hamkorlikni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlik rahbariyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari soʻrovlarining oʻz vaqtida bajarilishini, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari bilan chiqindilarni boshqarish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda oʻzaro aloqalarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda chiqindilarni boshqarish ishlarini tizimli monitoring qilib borish, hududlarni chiqindilar bilan bogʻliq dasturlari doirasida loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish hamda tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha takliflarni oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlariga topshiriqlarni yetkazadi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi va bu haqida Agentlik rahbariyatiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining bevosita faoliyatiga oid masalalar boʻyicha Agentlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlariga soʻrovnomalar yuboradi, ularning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring, oʻrganishlar, zarurat tugʻilganda, oʻz vakolati doirasida tekshirishlar oʻtkazadi, Agentlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari faoliyatini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish hamda natijalari haqidagi hisobot va axborot materiallari, statistik hamda boshqa maʼlumotlarni oʻrganishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlaridan kelib tushadigan murojaatlarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni boshqarish sohasini rivojlantirish va yangi texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dastur hamda tadbirlarni sifatli ishlab chiqishda Agentlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Agentlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, Agentlik faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ulardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agentlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik topshiriqlarining ijrosi toʻgʻrisida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan sohadagi qonunchilik ijrosi yuzasidan faoliyat natijalari toʻgʻrisida Agentlikning markaziy apparatiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning faoliyatini monitoring qilish, oʻrganish va tekshirish natijasida aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishlarini bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohani rivojlantirish boʻyicha dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining ish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni, shuningdek, mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda va muddatlarda Agentlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar tomonidan oʻzining faoliyatida oʻtkazilgan tekshirish natijalari toʻgʻrisida Agentlikni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlarining oʻzaro hamkorlik jarayonida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar Agentlik direktorining topshirigʻiga koʻra uning oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda muhokamadan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmagan taqdirda, ular boʻyicha yakuniy qaror Agentlik direktori tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Agentlikning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agentlikning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari, oʻz vakolatlari doirasida tegishli hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Agentlik faoliyati Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy boʻlinmasi hamda Vazirlik tomonidan tahlil va nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vazirlik Agentlik rahbarlari faoliyatini ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ish indikatorlariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlari va xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Quyidagilar Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha undirilgan jarimalar hamda chiqindilar joylashtirilgani uchun undirilgan kompensatsiya toʻlovlarining Ekologiya jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan qolgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlarning sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish yoki qayta ishlash zavodi yoxud ekosanoat zonalariga toʻlangan mablagʻlardan qolgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonalari faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash natijalari boʻyicha qoʻllangan jarimalardan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarini moddiy-texnik taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Agentlik xodimlarining ish haqi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, ustamalar, qoʻshimcha haq va toʻlovlar, kompensatsiya va ragʻbatlantirish hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari hamda uning tizim tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar, mukofotlar, ragʻbatlantirishlar xarajatlari Davlat budjeti xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar va budjetdan tashqari mablagʻlar hamda Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari, Agentlik mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining lavozim maoshiga oylik ustamalar, mukofotlar, ragʻbatlantirishlar va moddiy yordam berish bilan bogʻliq toʻlovlar quyidagi maqsad va shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agentlik va hududiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan quyidagi ustamalar toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, kasbiy qobiliyatlarini inobatga olgan holda lavozim maoshining 250 foizigacha (hududiy boʻlinmalar xodimlari lavozim maoshining 100 foizgacha) miqdorlarda xodimlarning oylik lavozim maoshlariga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) belgilanadigan ustama;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy darajaga ega boʻlgan uchun oylik ustamalari fan nomzodi yoki tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) uchun — lavozim maoshiga nisbatan qonunchilikda belgilangan miqdorda ustama;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xodimlarning koʻp yillik mehnati uchun har oylik ustama (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 yildan 3 yilgacha — 0,1;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 yildan 5 yilgacha — 0,2;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 yildan 10 yilgacha — 0,3;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 yildan 15 yilgacha — 0,4;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 yildan 20 yilgacha — 0,5;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 yildan ortiq — 0,6;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xizmat avtomobiliga ega boʻlmagan Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun yoʻlkira haqiga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida kompensatsiya toʻlovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini har oyda ovqatlanish xarajatlarini qisman qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida kompensatsiya toʻlovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasida ishlanmaydigan bayram kunlari hamda muhim sanalar munosabati bilan Agentlik xodimlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining besh baravarigacha (hududiy boʻlinmalar xodimlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining uch baravarigacha) ragʻbatlantirish toʻlovi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijda xizmat safarida boʻlish davridagi kunlik yashash, transport va turar joy xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan quyidagi hollarda qoʻshimcha tarzda moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun sanatoriy-kurort, dam olish uylariga yoʻllanmalarni xarid qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida holatlar (oila aʼzosining vafoti, oʻzining yoki farzandining nikoh toʻyi, yubiley sanalari (50, 60, 70 yoshlar) munosabati bilan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravarigacha (hududiy boʻlinmalar xodimlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yetti baravarigacha) miqdorda moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilish uchun yilda bir marta mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining besh baravarigacha (hududiy boʻlinmalar xodimlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining uch baravarigacha) miqdorda moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim ogʻir betob boʻlgan (baxtsiz hodisa, kasallik sababli) yoki vafot etgan hollarda, uning oʻrtacha oylik ish haqining besh baravarigacha (hududiy boʻlinmalar xodimlariga oʻrtacha oylik ish haqining uch baravarigacha) bir martalik moddiy yordam berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining lavozim maoshlariga shaxsiy ustamalar va ragʻbatlantirishlar miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktoriga — Vazirlik tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari va uning hududiy boʻlinmalari boshliqlariga — Agentlik direktori tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik hududiy boʻlinmalarining xodimlariga — tegishli hududiy boʻlinma boshliqlarining buyrugʻiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish xarajatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari uchun — Agentlik direktorining buyrugʻiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun — Agentlikning hududiy boʻlinmalari boshligʻining buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Agentlik qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-banddagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaning “4-bosqich” pozitsiyasi “Tashkiliy tadbirlar” ustunining 1-bandidagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 11-ilovaga muvofiq;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan biriktirilgan tuman (shahar) hududlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hududlarini xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga biriktirib berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hududiy boʻlinmalari bilan xususiy sherik oʻrtasida tuziladigan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish haqidagi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan aniq konsepsiya hamda tender natijalariga koʻra xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga biriktirib beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish haqidagi shartnoma (bitim) tomonlar kelishuvi yoki sud qarori asosida bekor qilingan, uning amal qilish muddati tugagan, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning toʻlovga qobiliyatsizligi yoki faoliyati toʻxtatilgan hollarda, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga biriktirib berilgan hudud davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga biriktirilgunga qadar Agentlikning taklifiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan vaqtincha xizmat koʻrsatish shartnomasi orqali xizmat koʻrsatuvchi xususiy tashkilotga yoki nomuayyan muddatga xizmat koʻrsatuvchi davlat tashkilotiga toʻgʻridan-toʻgʻri biriktirib berilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faoliyati davomida alohida koʻchmas mulkdan foydalanadigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mazkur koʻchmas mulk joylashgan hududga biriktirilgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilot bilan ushbu Qoidalarning 21-bobida belgilangan tartibda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha shartnoma tuzadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari “Agentlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bandning uchinchi xatboshisidagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15, 16 va 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning davriyligi aholi yashash punktlari, shaharning sanitariya holati taʼminlanishini va kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar rivojlanishining oldini olish sharoitlarini hisobga olgan holda, joylardagi iqlim sharoitlardan kelib chiqib, tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi, bunda belgilangan davriylik qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligidan oʻtib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar maʼmuriy markazlarida, shaharlar va shaharchalar, shuningdek, Toshkent shahrida chiqindi toʻplash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — uch kunda bir marotabani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning qolgan hududlarida chiqindi toʻplash shoxobchalaridan — ikki kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — bir haftada bir marotabani tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishilgan holda xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan belgilanadi, bunda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilangan davriylikdan oʻtib ketmasligi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan undirilgan toʻlovlarning 1 foizi avtomatik ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bank hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan mablagʻlar Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-bandning birinchi xatboshisidagi “Markazning hududiy filiali” soʻzlari “Agentlikning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-bandning oltinchi xatboshisidagi “Markaz va uning hududiy filiallari” soʻzlari “Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-banddagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1-bosqich” pozitsiyasining “Tashkiliy tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida — qonunchilik hujjatlariga muvofiq xususiy sherik aniqlangan taqdirda, Agentlikning hududiy boʻlinmalari va xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4-bosqich” pozitsiyasining “Tashkiliy tadbirlar” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Agentlik jamlangan mablagʻlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan undirilgan toʻlovlarning 1 foizi avtomatik ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bank hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan mablagʻlar Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 11-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga
11-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) har yili 1-noyabrga qadar quyidagi xizmatlar uchun tariflar ishlab chiqadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hududiy boʻlinmalarining xulosasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 tonna qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketganlik hamda uni chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari, ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlari) yetkazib berganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga toʻlov tarifi, soʻmda (Ttarif);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 tonna qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik, qayta yuklaganlik uchun chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga toʻlov tarifi, soʻmda (Tquk);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 tonna qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik, rekultivatsiya qilganlik va koʻmganlik uchun chiqindi poligonlariga toʻlov tarifi, soʻmda (Tp);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketganlik uchun jismoniy shaxslardan — 1 kishidan undiriladigan toʻlov tarifi, soʻmda (Tj);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 tonna qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketganlik uchun yuridik shaxslardan undiriladigan toʻlov tarifi, soʻmda (Tu).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har yili 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar ushbu toʻlov tariflarini koʻrib chiqib, tasdiqlash uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qattiq maishiy chiqindilarning hisobini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qattiq maishiy chiqindilar sanitar tozalash korxonalari tomonidan maxsus transport vositalari orqali qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish, saralash va utilizatsiya qilish uchun qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hududlarda belgilangan tarif asosida qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga yetkazib berish, qabul qilish, saralash, utilizatsiya qilish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha sanitar tozalash korxonalari, qabul qilish punktlari va Agentlik oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga kirish vaqtida maxsus transport vositasining umumiy (brutto) vazni, chiqish paytida esa boʻshatilgandan keyingi (netto) vazni qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga (keyingi oʻrinlarda — hisobga olishning yagona elektron tizimi) ulangan avtomatlashtirilgan tarozilar orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus transport vositasining umumiy (brutto) va boʻshatilgandan keyingi (netto) vazni oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib, yetkazib berilgan qattiq maishiy chiqindilarning miqdori aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib bergan transport vositasi kuzovining texnik koʻrsatkichlari inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berishda ularning hajmini sunʼiy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda, ushbu holat yuzasidan shu kunning oʻzida sanitar tozalash korxonasi vakili (haydovchi) hamda qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punkti vakillari ishtirokida haqiqatda topshirilgan qattiq maishiy chiqindi miqdori boʻyicha mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma yuzasidan sanitar tozalash korxonasi vakilining eʼtirozlari mavjud boʻlganda, ular dalolatnomada qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlarida hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali quyidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilar qabul qilingan sana (vaqt);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar tozalash korxonasining nomi, STIR;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining davlat raqami va rusumi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qattiq maishiy chiqindining miqdori (brutto-netto farqi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindining haqiqiy miqdori haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar tozalash korxonasi tomonidan qattiq maishiy chiqindilar yollanma transport vositasida olib kelingan taqdirda, hisobga olishning yagona elektron tizimida bu haqida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sanitar tozalash korxonalari, qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga haq toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hisobga olishning yagona elektron tizimidagi maʼlumotlar asosida yetkazib berilgan qattiq maishiy chiqindilar boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari tomonidan qabul qilingan qattiq maishiy chiqindilar saralangandan soʻng ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatilmaydigan qismi chiqindilarni yoqish zavodi, ekosanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga yoki chiqindi poligoniga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari tomonidan topshirilgan qattiq maishiy chiqindilar boʻyicha hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali ikki tomonlama hisobvaraq-faktura shakllantiriladi va bunda toʻlovchi qayta yuklash stansiyalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash va utilizatsiya qilish, koʻmish, rekultivatsiya qilish toʻlov evaziga amalga oshiriladi. Toʻlovlar Agentlik tomonidan hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etilgan hisobvaraq-faktura asosida sanitar tozalash korxonalariga hamda qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻlovlar quyidagi formulalar asosida hisobga olishning yagona elektron tizimida avtomatik hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) N = Ttarif x Mf x k
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda N — qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketish va qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga topshirganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga toʻlov miqdori, soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ttarif1 tonna qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketish va qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga topshirganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga toʻlov tarifi, soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mfqattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga topshirilgan qattiq maishiy chiqindi ogʻirligi, tonna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k — koeffitsiyent (k1=1,02 — “yashil”; k2=0,95 — “sariq”; k3=0,85 — “qizil”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu koeffitsiyent sanitar tozalash korxonalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni taʼminlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-son Farmoniga 1-ilovaga muvofiq “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratgan holda qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Nquk = Tquk x Mf
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda Nqukqattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik uchun chiqindini qayta yuklash stansiyalariga toʻlov miqdori, soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tquk1 tonna qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik uchun chiqindini qayta yuklash stansiyalariga toʻlov tarifi, soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mfqabul qilingan qattiq maishiy chiqindi ogʻirligi, tonna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Np = Tp x Mf
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda Npchiqindi poligonlariga topshirilgan qattiq maishiy chiqindilar uchun toʻlov miqdori, soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tp1 tonna qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik, rekultivatsiya qilganlik va koʻmganlik uchun qattiq maishiy chiqindi poligonlariga toʻlov tarifi, soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mfqabul qilingan qattiq maishiy chiqindi ogʻirligi, tonna.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chiqindilarni yoqish zavodlariga haq toʻlash hisobi ular bilan Agentlik oʻrtasida tuzilgan chiqindilarni yetkazib berish boʻyicha shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash ushbu bandning 2-kichik bandida belgilangan formula asosida hisobga olishning yagona elektron tizimida avtomatik hisoblanadi (ekosanoat zonalarida faoliyat koʻrsatuvchi chiqindilarni yoqish zavodlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sanitar tozalash korxonasi va qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning uzluksizligi hamda ularning moliyaviy holatining barqarorligini taʼminlash maqsadida xizmat haqlari oy davomida kunlik, haftalik va oʻn kunlik toʻlab beriladi, shuningdek, har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar yakuniy hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

“TASDIQLAYMAN”

Qattiq maishiy chiqindilarni

qabul qilish punkti rahbari

__________ __________________

(imzo) _____ (lavozimi, F.I.O.)

_____yil “___” ________

           (sana, oy)

Haqiqatda topshirilgan qattiq maishiy chiqindi miqdori boʻyicha
DALOLATNOMA

20__ yil “___” ________.

_______ tumani (shahri)

Ushbu dalolatnoma qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punkti vakillari ____________________________________________________________________, sanitar tozalash korxonasi

_________________________ (lavozimi, F.I.O.)

vakili ________________________________________________________________ ishtirokida tuzildi.

(lavozimi, F.I.O.)

Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

1. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punkti: ________________.

2. Maxsus transport vositasining brutto vazni: ____________________.

3. Maxsus transport vositasining netto vazni: ______________________.

4. Qabul qilingan qattiq maishiy chiqindining miqdori (brutto-netto farqi): ________________________________________________________.

5. Chegirma miqdori: __________________________________________.

6. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish jarayonida aniqlangan boshqa holatlar: _____________________________________________________

Dalolatnoma yuzasidan taklif va eʼtirozlar besh ish kuni ichida qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlari tomonidan qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.

Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punkti vakillari:

__________________________

___________

(lavozimi, F.I.O.)

(imzo)

Sanitar tozalash korxonasi vakili:

__________________________

___________.

(lavozimi, F.I.O.)

(imzo)

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Ushbu Nizom Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimidagi “Maroqand Obod” davlat muassasasi, “Maxsustrans” davlat muassasasi, “Toza hudud” davlat muassasalari va ularning tuman (shahar) filiallari (keyingi oʻrinlarda — sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari) xodimlari mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-banddagi “100 foizigacha” soʻzlari “200 foizigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyxatining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Qattiq maishiy chiqindilarni tashish, qayta yuklash, ularni chiqindi poligonlariga joylashtirish va chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish hamda utilizatsiya qilish xizmatlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Sanitariya jihatidan tozalash sohasida xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qaroriga 3-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qaroriga 3-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Sanitar tozalash va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 4-noyabrdagi 646-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 21-iyuldagi 304-son qaroriga ilovaning 24-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2024-yil 15-maydagi 282-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)