Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi ijtimoiy masalalarni hal etishdagi tashabbuskorligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash, tashabbusli budjetda gʻolib boʻlmagan loyihani deputat tashabbusiga koʻra gʻolib deb eʼlon qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish, loyihalarning moliyalashtirilishi va amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini olib borish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 23-sentabr,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 23 senyabrdagi 1330-V-sonli Qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inoyatov
Ulugʻbek Ilyasovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari, komissiya raisi
Kurbonboyev Maqsud Komulovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari
Abdullayev Javlonbek Murodjonovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Agzamova
Gulrux Anvarovna
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining raisi
Aripov Davron Raximovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi
Aslonov
Abdullo Ubaydulloyevich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Aslonova Emma Sergeyevna
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi
Achilov
Jamol Alisherovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Mamadjanova Dilbarxon Raxmatovna
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi
Otamuratov
Oybek Baxtiyorovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi
Salimova Manzura Alimovna
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi
Tilavoldiyev Nodir Xokimovich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Xusanov Diyor Sheraliyevich
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi”.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 28-oktabrdagi 1410-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 23-sentabrdagi 1330-V-sonli qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiyasining (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) maqomini, asosiy vazifalarini, vakolatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiyaning maqsadi tashabbusli budjet jarayonlari doirasida, shuningdek “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida gʻolib boʻlmagan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining (bundan buyon matnda Deputatlar deb yuritiladi) tashabbusiga koʻra gʻolib deb eʼlon qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish, loyihalarning moliyalashtirilishi va amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini olib borishdan iborat.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 19-maydagi 2110-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, tegishli qonunlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) vakolatlari muddatiga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbusli budjet jarayonlari doirasida, shuningdek “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida gʻolib boʻlmagan loyihalar orasidan Deputatlar tashabbusiga koʻra gʻolib deb eʼlon qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda mazkur loyihalarning moliyalashtirilishi va amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini olib borish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 19-maydagi 2110-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbusli budjet jarayonlari doirasida, shuningdek “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida Deputatlar tashabbusiga koʻra gʻolib deb eʼlon qilingan loyihalarga ajratilgan mablagʻlardan oʻz vaqtida va maqsadli foydalanilishi hamda moliyalashtirilgan loyihalarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 19-maydagi 2110-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbusli budjet jarayonlari doirasida, shuningdek “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida gʻolib boʻlmagan loyihalar orasidan Deputatlar tashabbusiga koʻra gʻolib deb eʼlon qilish jarayonlarini takomillashtirish, hamda ushbu sohaga samarali mexanizmlarni joriy etish boʻyicha takliflar yoki tavsiyalar ishlab chiqish.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 19-maydagi 2110-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona saylov okrugidan partiya roʻyxati asosida saylangan deputatlarning tashabbusli budjet jarayonlari doirasida, shuningdek “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida loyihalarni tanlashda ishtirokini taʼminlash maqsadida ularni saylov okruglariga biriktirish boʻyicha Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga takliflar kiritish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 19-maydagi 2110-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbusli budjet jarayonlari doirasida, shuningdek “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida Deputatlar tashabbusiga koʻra gʻolib deb eʼlon qilingan loyihalarning moliyalashtirilishi va bajarilishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga doir maʼlumotlarni davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan soʻrab olish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 19-maydagi 2110-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar bilan kelishuvga koʻra ularning vakillarini jalb etgan holda ishchi guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbusli budjet jarayonlari doirasida, shuningdek “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida Deputatlar tashabbusiga koʻra gʻolib deb eʼlon qilingan loyihalarning amalga oshirilishi holatini tegishli davlat organlari bilan birgalikda Komissiya majlisida muhokama qilish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 19-maydagi 2110-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbusli budjet jarayonlari doirasida, shuningdek “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida Deputatlar tashabbusiga koʻra gʻolib deb eʼlon qilingan loyihalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan davlat organlari rahbarlarining axborotini tegishincha Qonunchilik palatasining, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislarida eshitish boʻyicha takliflar kiritish;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yil 19-maydagi 2110-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya oʻz faoliyatini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Komissiyaning ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya Qonunchilik palatasining qaroriga asosan Qonunchilik palatasining deputatlaridan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va Komissiyaning tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni uning majlisida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarorlarini imzolaydi va ularning ijro etilishiga doir ishlarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya raisining oʻrinbosari Komissiya raisi yoʻqligida uning vazifasini bajarib turadi, Komissiya tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya majlislari Komissiya raisi tomonidan zaruratga qarab, lekin har yarim yilda kamida bir marta chaqiriladi. Komissiya majlislari Qonunchilik palatasi Spikerining tashabbusiga koʻra ham chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiyaning majlislari komissiya ishining tashkiliy shaklidir. Komissiyaning majlisi unda Komissiya aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlganda vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya qarorlari uning majlisida ishtirok etgan Komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya aʼzolarining ovozlari teng boʻlganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya qarorlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya majlislariga koʻrib chiqilayotgan masalaga aloqador boʻlgan davlat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining, ilmiy muassasalarning, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari, mutaxassislar, olimlar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning majlislarida Qonunchilik palatasining Spikeri, uning oʻrinbosarlari, shuningdek Komissiya taklifiga koʻra Qonunchilik palatasi Devonining masʼul xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi tomonidan belgilangan muddatda Qonunchilik palatasiga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Komissiya toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Qonunchilik palatasining qarori bilan kiritiladi.