23.09.2025 yildagi 1327-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suv resurslaridan samarali foydalanish, suvni tejaydigan sugʻorish uslublari va texnologiyalarini joriy etish hamda magistral va ichki kanallarni betonlashtirish ishlarining borishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayevning javobi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Suv resurslaridan samarali foydalanish, suvni tejaydigan sugʻorish uslublari va texnologiyalarini joriy etish hamda magistral va ichki kanallarni betonlashtirish ishlarining borishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayev tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining yozma javob maʼlumotida taklif etilgan sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish ishlarini ragʻbatlantirish maqsadida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiyalar va imtiyozli kreditlar ajratish, suv obyektlarini betonlashtirgan hamda soz holatda saqlagan suv isteʼmolchilari uchun soliq toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish mexanizmlarini joriy qilish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi parlament soʻrovini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarning ijro etilishi yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 23-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1327-V-son