Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 15-aprelda ikkinchi oʻqish tartib-taomiliga qaytarilib, maromiga yetkazilgan “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-sentabr,
1252-V-son