Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
N.X. Lutfullayevani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimiga saylash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 16-sentabrdagi “Yagona saylov okrugi boʻyicha boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi roʻyxati asosida saylangan N. Lutfullayevani deputat etib roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi 1447-sonli qaroriga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarining takliflariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Lutfullayeva Nigora Xabibullayevna (yagona saylov okrugidan Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi etib saylansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-sentabr,
1331-V-son