Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QT-2-sonli qonunchilik taklifi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2025-yil 4-sentabrda qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan “Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QT-2-sonli qonunchilik taklifi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi mazkur qonunchilik taklifidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash hamda deputatlarning qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish masalasini koʻrib chiqsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-sentabr,
1272-V-son