Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 13-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3009-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 9-apreldagi 76-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3009, 2018-yil 11-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/3009/1212-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-sentabr,
290-son
Kelishildi:
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2025-yil 19-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-sentabrdagi 290-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllarini toʻldirish va taqdim qilish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi (bundan buyon matnda SQ deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda BQ deb yuritiladi), shuningdek soliq va yigʻimlarni undirish boʻyicha boshqa vakolatli organlar (bundan buyon matnda boshqa vakolatli organlar deb yuritiladi), budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.”.
3. 2, 6, 8, 10 va 13-bandlardagi “DSQ, DBQ” qisqartmalari “SQ, BQ” qisqartmalari bilan almashtirilsin.
4. 7-banddagi “DSQ” va “DBQ” qisqartmalari tegishli ravishda “SQ” va “BQ” qisqartmalari bilan almashtirilsin.
5. 1-ilovaning “Subyektlar” ustunida:
“DSQ” va “DBQ” qisqartmalari tegishli ravishda “SQ” va “BQ” qisqartmalari bilan almashtirilsin;
“Moliya vazirligining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 5 va 6-ilovalari izohlarining birinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* SQ, BQ va boshqa vakolatli organlar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga taqdim etiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3009-3/0931-son)