OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRINING
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 9-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3690]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-oktabr,
569-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 1-oktabrdagi 569-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-yanvardagi 13-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2972, 2018-yil 16-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 10/18/2972/0710-son) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 18-bandning yettinchi xatboshisidagi “doimiy roʻyxatda turgan” degan soʻzlar “yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 25-bandning ikkinchi xatboshisidan “doimiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 17-apreldagi 106-son “Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma shaklini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3008, 2018-yil 10-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 10/18/3008/1191-son) ilovaning matnidagi “doimiy yashash” degan soʻzlar “yashash” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 20-oktabrdagi 286-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3089, 2018-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 10/18/3089/2222-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish uchun tanlovlar oʻtkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi birinchi xatboshisidan “doimiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 23-martdagi 67-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159, 2019-yil 20-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/3159/3151-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarning 86-bandidan “doimiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 2-maydagi 71-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3168, 2019-yil 19-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2019-y., 10/19/3168/3304-son) bilan tasdiqlangan Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha” degan soʻzlar “yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 3-noyabrdagi 415-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3342, 2021-yil 14-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2021-y., 10/21/3342/1158-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandidan “doimiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 23-iyundagi 200-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3374, 2022-yil 28-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/3374/0582-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyidagi” degan soʻzlar “yashash joyi yoki turgan joyidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3670, 2025-yil 20-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 10/25/3670/0767-son) bilan tasdiqlangan Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 91-bandidan “doimiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3690/0925-son)