Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 11.07.1994 yildagi 356-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Hujjat 11.07.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUOMALADAGI NAQD PULLARNI KAMAYTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul muomalasini tartibga solish va pullarning asossiz ravishda koʻpayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, naqd pullarni ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni toʻlashga, shuningdek, xizmat safari xarajatlari uchungina bersinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi hisob-kitoblar bank muassasalari orqali naqd pulsiz amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat (aksionerlik) korxonalari va tashkilotlaridan kooperativlar, fermerlar, xususiy va kichik korxonalarning hisob-kitob schyotlariga tushadigan pul mablagʻlari operatsiyalar va toʻlovlar ularning ustav faoliyati sohasiga muvofiq kelgan taqdirda qoʻshib qoʻyiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining omonatlari boʻyicha operatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyalariga ega boʻlgan bank muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror chiqqan kundan boshlab “Oʻzkooptayyorlovsavdo”, boshqa vositachi va tayyorlov tashkilotlarining aholidan xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsuloti uchun naqd pul toʻlashlari taqiqlansin. Bunda mahsulotlarning haqi jamgʻarma tarmogʻiga ega boʻlgan banklarda fuqarolarning alohida hisob-kitob schyotlariga mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan toʻlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank muassasalari ana shu hisob-kitob schyotlaridan mablagʻlarni tegishli banklarning hisob-kitob cheklari va chek daftarchalaridagi cheklar holidagina bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasiga qishloq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash va chorva mollari xarid qilish uchun naqd pul qanday maqsadlarga ajratilgani va qaytarilishi koʻrsatilgan holda faqat respublika Hukumatining qaroriga binoan ajratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1994-yilning 11-iyulidan boshlab naqd pulga mayda ulgurji savdo qilish, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning joriy xoʻjalik ehtiyojlari uchun naqd pul berish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv boshqaruvi bilan birgalikda bir hafta muddatda mayda ulgurji savdo boʻyicha tovarlar sotish va naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha korxonalarning joriy xoʻjalik ehtiyojlarini taʼminlash tartibi, shuningdek, umumiy ovqatlanish tashkilotlari tushgan foydaning bir qismidan qishloq xoʻjaligi mahsuloti xarid qilish uchun foydalanishi tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1994-yilning 1-avgustidan mehnatga haq toʻlash uchun ajratiladigan mablagʻlar davlat yoʻli bilan tartibga solinishi joriy etilsin. Shu maqsadda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar (budjetdagilardan tashqari) mahsulot (ish, xizmat) hajmi oʻsishining har bir foizi uchun baza davriga nisbatan ish haqi fondini taqqoslama narxlarda 0,7 foizgacha oshirishlari mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar belgilangan nisbatni turli sabablarga koʻra oshirib yuborgan hollarda mehnatga haq toʻlash fondining asossiz oshirilgan qismi toʻlov budjet hisobiga oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mehnatga haq toʻlash uchun mablagʻlar sarflanishi ustidan har chorakda nazorat oʻrnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasida ilgari qabul qilingan qarorlarga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356-son